So’nggi yangiliklar

21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  0 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  2 21:06Париж-2024. Марокаш - Испания  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  2 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  8 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  2 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  2

Zafar Xolmurodov shogirdlari viloyat hokimi Kubogini qo'lga kiritishdi Yangiliklar

Zafar Xolmurodov shogirdlari viloyat hokimi Kubogini qo'lga kiritishdi

Bugun Qarshi shahridagi “Nasaf” futbol maktabi qoshidagi suniy maydonda Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi musobaqasining o'chinchi o'rin uchun hamda final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi musobaqasi keyingi paytlarda vohada anana maqomini olgan futbol bayramiga aylanib bormoqda. Bu musobaqa katta futbol mavsumi oldidan futbolni sog'inib qolgan muxlislar uchun ham, murabbiylar uchun ham ayni muddao bo'lmoqda.

Bugun “Nasaf” futbol maktabiga ko'plab tomoshabinlar tashrif buyurishdi va ular yosh futbolchilarning maydondagi harakatlarini ko'rishib katta zavq olishdi.

Finalda “Nasaf”ning sobiq hujum qiroli – Zafar Xolmurodov shogirdlari – “Nasaf” o'rinbosarlari hamda Nishon tumanidagi Nuriston shahrining “Nuriston” jamoasi o'zaro kuch sinashishdi.

O'yin boshidan maydondagi futbolchilar katta shiddat bilan kurashni boshlab yuborishdi. Dastlab oradagi hisobni “Nasaf” yoshlari ochishdi, 10-raqamdagi Islom Rashidxonov o'z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu golga “Nuriston” jamoasi 24-daqiqada javob qaytarishdi, bu golni Tohir Abdurazzoqov Umidjon Ergashev qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'ydi. Birinchi bo'lim yakunlanib borayotgan bir vaqtda “Nuriston” jamoasi hisobda oldinga o'tib oldi. 37-daqiqada Alibek Rahmatullaev o'rtadagi hisobni 1:2 ko'rinishiga olib keldi. Mana shu hisobda jamoalar tanaffusga chiqib ketishdi.
Finalda mag'lubiyatga uchrayotgan “Nasaf” yoshlari vaziyatni o'nglashlari talab etilardi. Zero, jamoa musobaqa mezboni sanalardi. Qolaversa, Zafar Xolmurodov o'z shogirdlarini g'alaba uchun ruhlantirishi kerak edi. Stadionda yig'ilgan muxlislar ham shuni kutishayotgan edilar.

Ikkinchi bo'limda ham bosh sovrin uchun kurash juda keskin ko'rinish oldi. To'p uchun maydonning har biri nuqtasida katta kurash ketdi. Uchrashuvning 68-daqiqasiga kelib, yosh “Nasaf”chilar o'zlarining uchinchi golini urishga muvaffaq bo'lishdi. Finalning hal qiluvchi goliga iqtidorli va umidli yosh futbolchi Dilshod Xushbakov mualliflik qildi. Ana shu hisob uchrashuv so'ngigacha o'zgarmay qoldi va Zafar Xolmurodov shogirdlari uchrashuvni g'alaba bilan yakunlashdi.

Uchrashuv so'ngida viloyat futbol federaciyasi rahbariyati va voha futboli faxriylari g'olib hamda musobaqaning ikkinchi, uchinchi o'rinlariga sazovor bo'lgan jamoalarga musobaqa kubogi, diplomlar va qimmatbaho mukofotlarni topshirishdi.


Bosh sovrin sohibi – “Nasaf” (YO) vakili


Ikkinchi o'rin sohibi – “Nuriston” vakili


Uchinchi o'rin sohibi – “Nasaf” (YO) vakili

Quyida final uchrashuvning qaydnomasi bilan tanishing:

Qashqadaryo viloyati hokimi kubogi finali 7 fevral 2015 yil
“Nuriston” – “Nasaf” (YO) 2:3 (2:1)
Gollar: Abdurazzaqov Tohir 24-1:1, Rahmatullaev Alibek 37-2:1 – Rashidxonov Islom 15-0:1, Ochilov Samandar 55-2:2, Xushbakov Dilshod 68-2:3.

“Nuriston”: 17.Xolmurodov G'anisher, 5.Boymamatov Ulug'bek, 2.Xolmurodov Faxriddin, 17.Ramozonov Javlon, 14.Mustafoev SHerzod, 11.Jumaev Farhod, 13.Yusupov Alisher, 18.Polvonov Oybek, 20.Abdurazoqov Tohir, 9.Jaybalov Dilshod, 10.Ibragimov Alisher.

Zahiradagilar: 16.Haydarov Timur, 8.Raxmatullaev Alibek, 6.Usmonov Abubakir, 4.SHaropov Arslon, 7.Marufov SHohjahon, 3.Nusratullaev Ruslan, 19.Nusurov Arslon.
“Nasaf” (YO): 21.Ergashev Umidjon, 4.To'raev Botirjon, 5.Javliev Rahimbek, 7.Olimov Akmaljon, 8.Qo'ziev Sirojiddin, 10.Rashidxonov Islom, 11.Abduxoliqov Bobur, 17.Ochilov Samandar, 20.Murodov Akbar, 22.Kenjaboev Islom, 33.Alijonov Ilhom.

Zahiradagilar: 48.SHaripov Muzaffar, 2.Sadullaev Sardor, 9.Xushbakov Dilshod, 13.Kenjaboev Abdulaziz, 14.Berdiqulov Doston, 19.Mamatqulov Dadajon, 28.Karimov Diyor.

Uchrashuvning faxrli o'chinchi o'rni uchun kurashda Muborakning “Mashal-2” jamoasi G'uzorlik “SHo'rtan” (YO) jamoasiga hech qanday imkon qoldirmadi. Ular raqiblari darvozasiga javobsiz to'rtta gol kiritishib, g'alabani nishonlashdi.

3-o'rin uchun
“Mashal-2” – “SHo'rtan” (YO) 4:0 (2:0)

Gollar: Sagdullaev SHamsiddin 3-1:0, Suleymonov Sardor 10-2:0, Yusupov Muni Mirmuhsin 52-3:0, Yuldashev SHokir 56-4:0.

“Mashal-2”: 77.Olimjonov Xusan, 9.Rustamov Sunat, 24.Yusupov Muxiddin, 8.Ismoilov Jafar, 6.Inoyatov Axror, 14.Raxmonov Begzod, 7.Sagdullaev SHamsiddin, 4.Qosimov Mirjalol, 19.Yusupov Muni Mirmuhsin, 11.Yuldashev SHokir, 2.Suleymanov Sardor.

Zahiradagilar: 17.Axmedov Sanjar, 20.Jo'raev Abdurasul, 26.Nazarov Yodgor, 18.Jo'raev Oybek, 5.Muratazaev Botir, 10.Abdurasulov Ruhiddin, 3.Muradullaev Alvesh.

“SHo'rtan” (YO): 1.Raximov Akmal, 34.Abdiev Ilxom, 6.Fayzullaev Yo'lchi, 44.Abdimuratov Ural, 26.Sattorov Mirmuhsin, 40.Haydarov Rustam, 2.To'raev Bobur, 20.Xolmirzaev Sirojiddin, 37.Ergashev Umrzoq, 19.Tog'aev Eldor.

Zahiradagilar: 12.Beknazarov SHokir, 48.Maxatov Hayitmurod, 25.Karimov Jahongir, 38.Bobonazarov Anzor, 10.Qarshiev SHohruhmirzo, 16.Nizomov Jamshid.

Musobaqa yakuniga etkach tashkilotchilar tomonida uchta nominaciya bo'yicha ham diplomlar topshirildi. Bu sovrinlarga quyidagi yosh futbolchilar sazovor bo'lishdi:


Eng yaxshi hujumchi – SHokir Yuldashev (“Mashal-2”)

Eng yaxshi darvozabon – Umidjon Ergashev (“Nasaf”-YO)

Eng yaxshi himoyachi – Ulug'bek Boymamatov (“Nuriston”)

SHunday qilib, Qarshida o'tkazilgan viloyat hokimi kubogi musobaqasi o'z yakuniga etdi.

Uchrashuv so'ngida musobaqada faxrli uchinchi o'rinni egallagan, hozirgi kunda “Mashal-2” jamoasida murabbiylik qilayotgan mutaxasis Dilshod Andaevdan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishni iltimos qildik.

“Ushbu musobaqaning o'tkazilishi biz murabbiylar uchun katta ahamiyatga ega, birinchidan yangi mavsumga tayyorgarlik ketayotgan bir vaqtda shogirdlarimiz uchun qo'shimcha o'yin amaliyotiga ega bo'lish, noananaviy raqiblarga qarshi o'ynash katta foydadan holi emas. Buning uchun musobaqa tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirib qolaman. Ayni paytda jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlik bosqichini Muborak shahrida davom ettirmoqda, yaqinda tayyorgarliklarning keyingi bosqichini Toshkentda davom ettirishni rejalashtirayapmiz.

Jamoamiz oldiga asosan musobaqalarda munosib ishtirok etish va “Mashal” futbol jamoasiga o'yinchilar etishtirib berish vazifasi yuklangan”,- deydi Dilshod Andaev.

Suratlar muallifi Sardorjon Nurov.

Manba: voha.uz

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика