Zafar Xolmurodov shogirdlari yig'inni boshlashdi
23 dek 2014 16:22
Yangiliklar
Zafar Xolmurodov shogirdlari yig'inni boshlashdi
Yakunlangan mavsumda Yoshlar ligasida 6-o'rinni band etgan “Nasaf” o'rinbosarlari jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.
Zafar Xolmurodov shogirdlari yig'inni Qarshi shahrida o'tkazishmoqda. Kuni kecha ular ikkinchi ligada ishtirok etuvchi “Olimpiya” (Qarshi) jamoasi bilan nazorat uchrashuvini o'tkazishdi. Jangovar durang qayd etilgan (2:2) bahsda yosh futbolchilarimizdan gollarga SHarof Muhiddinov va Sirojiddin Qo'ziev mualliflik qilishdi.
Ayni paytda jamoa tarkibini darvozabon Ubaydulla Aloxanov tark etgan. Qolgan barcha futbolchilari mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. Yangi yildan keyin “Nasaf” futbol maktabining bir guruh tarbiyalanuvchilari o'rinbosarlar tarkibini to'ldiradi.

championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar