So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  8 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  7 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  22 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

Zafar To'raev: "Zominda ikki ochko yo'qotdik" Yangiliklar

Zafar To'raev: "Zominda ikki ochko yo'qotdik"

Bu yil yana oliy ligada ishtirok eta boshlagan "Mashal" chempionatning dastlabki turini safarda "So'g'diyona"ga qarshi o'tkazib, durangga imzo chekdi - 1:1.
"Gazchilar" safida shu kuni eng yaxshilardan biri bo'lgan Zafar To'raev "SA" talqiniga ko'ra 1-turning ramziy terma jamoasidan o'rin oldi. SHu munosabat bilan To'raevni suhbatga chorladik.

- CHempionatning ilk o'yini hech bir jamoa uchun oson kechmaydi. Jumladan 15 mart kuni "So'g'diyona"ga qarshi o'tgan bahs ham biz uchun qiyin bo'ldi. Mezbonlar ustunlikka erishdi. Lekin maydonning xolati ham yaxshi emasdi. SHuning uchun o'z o'yinimizni ko'rsatishga qiynaldik. Garchi ilk turda durang qayd etgan bo'lsakda, biz bu o'yinda ikki ochko yo'qotdik. CHunki "Mashal" faqat uch ochko olishni maqsad qilib borgandi.

- Endi taqvimga ko'ra ikkinchi turni o'z maydonimizda "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazamiz. Amaldagi chempion bilan bo'lajak bahs ham qiyin bo'ladi. Buni hozirdan anglab turibmiz. Lekin shunga qaramay faqat uch ochko olish uchun maydonga chiqamiz. CHunki o'z muxlislarimiz ko'z o'ngida g'alaba qozonmasak bo'lmaydi.

- "SA"ni kuzatib boraman. Ochig'ini aytsam, sayt ijodkorlarining 1-tur ramziy terma jamoasini tuzganda undan o'rin olishimni kutmagandim. Bu men uchun syurpriz bo'ldi desam ham bo'ladi. Lekin "So'g'diyona"ga qarshi kechgan bahsda shaxsan o'zimning ko'rsatgan o'yinimdan qoniqish xosil qilganim yo'q.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика