Zafar Polvonovga gol urishi uchun 521 daqiqa kerak bo'ldi
24 may 2014 21:00
Yangiliklar
Zafar Polvonovga gol urishi uchun 521 daqiqa kerak bo'ldi
Va nihoyat, 9-turga kelib “Olmaliq”ning 9-raqamdagi hujumchisi Zafar Polvonov ushbu mavsumdagi ilk golini kiritdi.
Olmaliq shahrida bo'lib o'tgan “Dinamo”ga qarshi bahsda 90 daqiqa harakat qilgan Polvonov 75-daqiqada “Dinamo” darvozasiga to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Zafarga bu yilgi chempionatda birinchi golini urib olish uchun 521 daqiqa kerak bo'ldi. U maydonda hozircha 536 daqiqani o'tkazdi. Barcha turda ishtirok etgan futbolchi har bir o'yinda o'rtacha 59 daqiqadan to'p surdi. Demak, Polvonovning gol urishini jamoa muxlislari naq to'qqiz tur kutishdi. Buni esa “Olmaliq” uchun quvonchli xabar desa bo'ladi.
Polvonov qaysi o'yinda qancha harakat qildi? SHu o'rinda qarshilik hujumchining har bir uchrashuvda necha daqiqadan to'p tepganini keltirib o'tsak. Avvalo shuni aytish lozim, Zafar bo'lib o'tgan barcha uchrashuvlarda ishtirok etdi, goh asosiy tarkibda, goh zaxiradan tushdi. Igor SHkvirin uni to'p kirita olmayotgani uchun ko'p bora tanqid qilayotgandi, mana endi hujumchi tanqidlarga biroz bo'lsa-da chek qo'ydi.
1-tur. Olmaliq – Metallurg – 3:2
Polvonov o'yinni asosiy tarkibda boshlab, 90 daqiqa harakat qildi.
2-tur. Olmaliq – So'g'diyona – 4:2
Hujumchi yana asosiy tarkibda tushdi va 54-daqiqagacha o'ynadi
3-tur. Bunyodkor – Olmaliq – 1:1
Asosiy tarkibdan o'rin olgan futbolchi 86 daqiqa to'p tepdi.
4-tur. Olmaliq – Andijon – 0:0
Igor SHkvirin Polvonovga 90 daqiqa o'ynash imkonini berdi.
5-tur. Paxtakor – Olmaliq – 1:0
Asosiy tarkibda o'yinni boshlagan Zafar birinchi taymdan keyin almashtirildi.
6-tur. Olmaliq – Qizilqum – 1:0
Futbolchi zaxirada qoldirdi va o'yin tugashiga 20 daqiqa qolganda maydonga tushdi.
7-tur. Mashal – Olmaliq – 0:0
Hujumchi yana asosiy tarkibdan o'rin olmadi, lekin 57-daqiqada maydonga tushdi.
8-tur. Neftchi – Olmaliq – 2:1
Polvonov ketma-ket uchinchi marta zaxirada qoldirildi va 62-daqiqadan o'ynash imkoniyatiga ega bo'ldi.
9-tur. Olmaliq – Dinamo – 3:1
Qarshilik hujumchi 90 daqiqa to'p tepish imkoniyatiga ega bo'ldi va 75-daqiqada raqib darvozasiga to'p kiritdi.
X.Xoliqov.

Fikrlar