Zafar Polvonov: "Olmaliq" hurmatga loyiq jamoa"
11 may 2015 16:30
Yangiliklar
Zafar Polvonov: "Olmaliq" hurmatga loyiq jamoa"
Kecha bo'lib o'tgan "SHo'rtan" - "Olmaliq" (3:3) uchrashuvidan keyin "oq bo'rilar" hujumchisi Zafar Polvonov o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tgandi.
Bugun futbolchi saytimizga murojaat etib, kechagi gaplarini sobiq jamoasi muxlislari hamda vakillari biroz noto'g'ri tushunishgani va bu uchun uzr so'rashga tayyorligini aytib o'tdi.
"Men "Olmaliq" jamoasini o'rtamiyona deb kamsitmoqchi emasdim. SHunchaki ular bilan ham o'ynasa bo'ladi degan manoda gapirgandim. Bu jamoa 2015 yilda tarkibiga bir qator mahoratli futbolchilarni jalb etdi va yuqori maqsadlarni ko'zlaganini bilaman. Bu borada sobiq jamoamga omad tilayman. "Olmaliq" so'nggi yillarda ancha kuchaydi. Agarda gaplarim ularga og'ir botgan bo'lsa uzr so'rayman. Meni biroz noto'g'ri tushunishibdi", - deya o'z fikrlarini yakunladi Zafar Polvonov.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar