Zafar Polvonov: "Nihoyat gol urganimdan xursandman"
26 may 2014 09:00
Yangiliklar
Zafar Polvonov: "Nihoyat gol urganimdan xursandman"
Kecha O'zbekiston Kubogi 1/8 final bosqichining javob uchrashuvida "Olmaliq" o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qilib yirik, 6:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Uchrashuvdan so'ng "Olmaliq" hujumchisi Zafar Polvonov bilan suhbatlashdik.
- "Qizilqum" bilan Kubokdagi birinchi uchrashuvimizda 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandik. SHu bois qanday bo'lmasin ikkinchi o'yinda yutishimiz shart edi. CHunki murabbiyimiz keyingi bosqichga chiqish vazifasini qo'ygandi va shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Xudoga shukur, vazifani bajardik", - deya gap boshladi Polvonov.
- Ochig'i, bugun "Qizilqum" ustidan 6:0 hisobida g'alaba qozonishinglarni ko'pchilik kutmagandi. Nimaning evaziga yirik hisobda g'alaba qozondinglar?
- Ha, bugun murabbiyning bergan ko'rsatmalarini aniq bajardik. Qolaversa golli vaziyatlardan ham unumli foydalandik.
- Aytingchi bugun "Olmaliq" kuchli o'yin ko'rsatdimi yoki Qizilqum kuchsiz o'yin namoyish etdimi?
- "Qizilqum" ham o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan jamoa. Bu klubning o'z o'yin uslubi bor. Bugun ularni u qadar past saviyada o'yin ko'rsatdi deyish noto'g'ri bo'ladi. "Olmaliq"qa keladigan bo'lsak, yuqorida aytganimdek jamoa bugun hammasini aniq bajardi. Qolaversa zaxiradan tushirilgan futbolchilar ham o'yinni kuchaytirishga erishdi.
- Bu yilgi mavsumda gollaringiz hisobini 9-turga kelib ochdingiz. 8 turdagi "quruq seriya" nima bilan bog'liq?
- Ha, to'g'ri aytasiz haqiqatdan ham bu yil negadir "quruq seriya" cho'zilib ketdi. Hujumchini vazifasi gol urish. Qolaversa uni urgan gollari bilan eslashadi. Buning sababini aniq bir omil bilan bog'liq deya olmayman. Qaysidir o'yinlarda omad kelmadi. Yana ayrim uchrashuvlarda aniqlik etishmadi. Xudoga shukur 9-turda joriy mavsumdagi ilk golimni urib oldim. Nasib qilsa mana endilikda gollarim sonini ko'paytiraman. Buning uchun mashg'ulotlarda ikki xissa kuch bilan ishlayapman.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar