So’nggi yangiliklar

03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  1 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  1 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  14 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  1 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  7 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   5 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  14 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1

Zafar Musaboev: Navbahorda murabbiylar almashaversa hech narsaga erishilmaydi Yangiliklar

Zafar Musaboev: Navbahorda murabbiylar almashaversa hech narsaga erishilmaydi

Bundan roppa-rosa yigirma yil avval Navbahor jamoasi o'z tarixida yagona bo'lib turgan mamlakat chempionligiga erishgandi.

O'sha yili Viktor Jalilov bosh murabbiyligida Namanganda ajoyib jamoa tashkil etilgan edi. Mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazgan Navbahor futbolchilari yakunda tarixiy chempionlikni qo'lga kiritishgandi. SHonli jamoa tarkibida tajribali hujumchi Zafar Musaboev ham bo'lgan. Bugungi kunda Zafar akaning nima bilan band ekanligi bizni qiziqtirdi. O'ylaymizki, bu siz uchun ham qiziq mavzu.

- Zafar aka, sizni o'rta avlod futbol muxlislari juda yaxshi bilishadi. Lekin futbolchilik faoliyatingizni yakunlaganingizdan so'ng biroz o'zingizning sevimli kasbingizdan yiroqlashgandek taassurot qoldirdingiz. Bugungi kunda nimalar bilan bandsiz? Futboldamisiz?


- Afsuski, yo'q. Umuman boshqa sohada faoliyatim davom etyapti. Tadbirkorlik bilan shug'ullanyapman. SHu orqali qora qozonimiz qaynab turibdi (kuladi).

- Futbolni sog'inmadingizmi?


- Albatta, sog'inaman. CHortoq tumanida o'zim tashkil qilgan jamoa bor. Ayni payt viloyat chempionatining 2-ligasida ishtirok etyapti.


- Jamoangizning natijalari qanday? Bu borada sizga kim yordam beryapti?

- Ustozim yaqingacha yordam berib kelgandilar. Alloh rahmatiga olsin, fevral oyida olamdan o'tdilar. Ularning ism-shariflari Abdullo Jo'raboev. CHortoqdan etishib chiqqan yagona murabbiy edilar. Juda ham ko'p shogirdlarni tarbiyalaganlar. Ular orasida Tohir Madrahimov, Rashid G'ofurov, Muhiddin Ortiqov, Obid Jo'raboev, Mirzohid G'ofurov, Anvar va Azam Hafizov, G'iyos Komilov kabi futbolchilarni alohida aytish mumkin. Bundan tashqari, 1-liga jamoalarida ham ko'plab shogirdlari to'p surishyapti.

- Zafar aka, bir paytlar o'zingiz o'ynagan va chempion bo'lgan Navbahor jamoasining bugungi tarkib ishtirokidagi o'yinlarini bevosita stadiondan kuzatyapsizmi?


- Bo'lmasam-chi. Do'stlarim tinch qo'yishmaydi. Bormaslikning sira ham iloji yo'q.

- Oxirgi marta qaysi o'yinga bordingiz?


- Bu yil hisobidan faqat Metallurg va Bunyodkor jamoalariga qarshi kechgan o'yinlarni bevosita stadiondan ko'rish uchun bora olmadim. Ramazon oyi bo'lgani uchun vaqt nuqtai nazaridan imkoniyatlarim cheklanib qoldi. Qolgan barcha uchrashuvlarni, shu jumladan, kubok bahslarini ham markaziy stadiondan kuzatdim.

- Bu yilgi mavsumning birinchi davrasida Navbahor jamoasi murabbiylar almashishi bo'yicha o'ziga xos rekord o'rnatdi. Bu qo'nimsizlikning asl sabablari nimada, deb o'ylaysiz? Balki murabbiyga ishlash uchun ozgina vaqt va imkoniyat berish kerakmikan?

- SHu zaylda yuqori tempda murabbiylar almashtirilaversa, jamoa bo'ladimi? Rashid G'ofurovga kamida bir yil vaqt berish kerak edi. Men Rashidni yaqindan bilganim uchun shunday deyapman. Hali jamoadagilar bilan yaqindan tanishib olishga ulgurmay, uni bo'shatishdi. G'ofurovga vaqt berishganida, u natija ko'rsata olardi. Yoki bo'lmasa, Aleksandr Volkovga ham mavsum oxirigacha imkoniyat berish kerak edi. Bundan keyin ham murabbiylar mana shu tarzda almashtirilaversa, Navbahorda hech narsa o'zgarmaydi.

- Murabbiy sifatida kattalar jamoasida ishlash niyatingiz yo'qmi?

- Yo'q. Ayni damda o'z ishim bor. Yuqorida aytib o'tganimdek, bir necha yildan beri tadbirkorlik bilan shug'ullanib kelyapman. Har bir inson o'z sevgan kasbini qilgani yaxshi, deb o'ylayman. Qolaversa, oilamiz katta. Men yagona o'g'il farzandman. Besh nafar singlim bor. Rahmatli otam bu dunyoni erta tark etganlar. Farzandlar tarbiyasi, ularni turmushga berish bilan shug'ullanish mening zimmamga yuklangandi. SHukurki, bugunga kelib singillarimning barini uzatib bo'ldik. Ular o'z oilalari bilan baxtli hayot kechirishyapti. Afsuski, otam ularning kamoli va baxtini ko'ra olmadilar. Hayot sinovlari va tashvishlari sabab futboldan o'zim istamagan holda yiroqlashishga majbur bo'lganman.


- Navbahorga bu yilgi mavsumda nima etishmayapti, deb o'ylaysiz? O'zingiz uchun tahlil qilib ko'rdingizmi?

- Menimcha, vaqt kerak, xolos. Ja-moa deyarli noldan shakllantirildi. Jamoaviy o'yinning yo'qligi pand beryapti. Murabbiylarga ozgina vaqt berilganida, balki ishlar yaxshi tomonga o'zgarib ketarmidi, deb o'ylab qolaman. Keyin mavsumlar oralig'ida selekciya ham sust darajada bo'lgan.

- Zafar aka, oliy liga o'yinlarini kuzatib borayotgan bo'lsangiz, nima maqul kelyapti-yu, nimalar yoqmayapti, dilingizni xira qilyapti?


- Ochig'ini aytaman. Bu yilgi mavsumda deyarli kelishilgan o'yinlarni sezmadim, ko'rmadim. Bu narsani o'yinlar natijasidan ham shundoqqina bilib olsa bo'ladi. Avvalgi yillar bilan taqqoslaganda, kutilmagan natijalar ko'p qayd etilyapti. SHu narsa meni juda ham xursand qilyapti. Ko'z tegmasin, shu ruhda davom etsa, bu futbolimizning o'sishiga ham xizmat qiladi. Oliy liga o'yinlari yaxshi, yuqori tempda o'tmoqda. Kubok bahslarida ham kutilmagan natijalarni ko'rdik. Masalan, Buxoro jamoasi har ikkala o'yinda ham amaldagi chempion Paxtakorni mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi. CHempionat o'yinida esa sherlar bilan durang o'ynadi. Bundan tashqari, Metallurg jamoasini ham alohida takidlagan bo'lardim. Rustam Mirsodiqovning bir necha yil davomida shakllantirgan jamoasi bugunga kelib o'z mevasini bera boshladi. Metallurg bejizga peshqadamlar safida yurmayapti. Bu futbolimiz uchun yaxshi syurpriz bo'ldi. Faqat bazi holatlarda hakamlar o'yinni biroz buzib qo'yishyapti. O'ylaymanki, bu kamchiliklarga ham tez orada barham beriladi.

- O'z vaqtida juda yaxshi hujumchi bo'lgansiz. Bugungi hujumchilar haqida fikringizni bilmoqchi edim. Albatta, bu muammo nafaqat klublar, balki terma jamoada ham ko'zga tashlanib qolyapti. Nima uchun uning echimi topilmayapti?


- Fikringizga to'liq qo'shilaman. Hujumchilar muammosi ayniqsa, so'nggi 2-3 yilda yaqqol ko'zga tashlanib qoldi. Golni his qiladigan hujumchi yo'q hisobi. Yaqin 20-25 yil ichida O'zbekiston terma jamoasida hujumchi va darvozabon muammosi bo'lmagan. Barcha davrlarda tajribali, bir o'zi vaziyatni golga aylantira oladigan, sovuqqon hujumchilar bo'lgan. Biz o'ynab yurgan kezlari Oleg SHackix bor edi. Undan keyin uning ukasi Maksim katta sahnaga chiqdi. Bugunga kelib birgina Igor Sergeevni ko'ryapman. Boshqa hujumchini ayta olmayman. Biz jahon chempionatining final bosqichiga chiqish haqida o'ylayapmiz. Birgina hujumchi bilan bu maqsadga erishish oson ish emas. Bu mening shaxsiy fikrim.


- Zafar aka, bu yil Navbahor jamoasining tarixiy chempionligiga 20 yil to'ladi. O'sha shonli jamoaning g'alabasi siri nimada edi?

- 1996 yilgi mavsumda haqiqatan namanganlik muxlislarga ajoyib onlarni tuhfa etgandik. Eng katta yutug'imiz - jamoamizdagi ahillik edi. Bir-birimizni ko'z qarashidayoq tushunardik. Bu shunchaki, balandparvoz so'zlar emas, fikrimni qolgan jamoadoshlarim ham tasdiqlashadi. Bir narsani aytishim kerak, Navbahorning tarixiy yutug'ida rahmatli Hakimjon aka Hoshimovning xizmatlari cheksiz bo'lgan. U kishi haqiqiy futbol fidoyisi edilar. Millionlar o'yini deganda oilalarini ham esdan chiqarib yuborardilar. Navbahor tarkibini, umuman, jamoani saqlab qolib, uni kuchaytirishga aynan Hoshimjon aka sababchi bo'lgandilar. Bu say-harakatlar 1996 yilda natijasini bergan. O'sha yili Farhod Magometov, Gennadiy Denisov kabi tajribali futbolchilar jamoaga jalb etilgandi. Oleg SHackix, Tohir Madrahimov, Abduqahhor Marufaliev, Ilhom SHaripov singari etakchilar yuqori saviyada o'yin namoyish etishgan. Deyarli 40-50 foiz o'yinchilar terma jamoa sharafini ham himoya qilishardi. O'sha yillari biz uchun asosiy raqib Neftchi hisoblanardi. Vodiy derbisiga qiziqish jamoalar turnir jadvalining qaysi pog'onasini egallab turganligidan qatiy nazar, yuqori bo'lardi. 1996 yilgi mavsumda bu ikki klub o'zaro o'yinlarda bittadan g'alabaga erishishgan. Namangandagi uchrashuvda biz 1:0 hisobida muvaffaqiyat qozongandik. Farg'onada kechgan o'yinda esa Neftchi 2:1 hisobida zafar quchgandi. SHunga qaramay, chempionat yakunida oltin medallar bizga nasib etgan. Qarang, o'shanda dunyoga kelgan go'dak bu yil 20 yoshga to'ladi. Ayni navqiron va maydonda javlon urib futbol o'ynaydigan yosh. Bugungi avlod vakillarini ko'rib, o'sha o'zimiz o'ynagan davrlar yodimga tushib ketdi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика