Zabitcer "Leypcig"dan o'zini "Bavariya"ga sotishlarini so'radi
07 avg 2021 18:30
Yangiliklar


Zabitcer "Leypcig"dan o'zini "Bavariya"ga sotishlarini so'radi
"Leypcig" yarim himoyachisi Marsel Zabitcer yozgi transfer oynasida klubdan ketishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, avstriyalik futbolchi "Leypcig" bilan 2022 yilning yozida yakunlanadigan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi.
27 yoshli futbolchi uni shaxsiy kelishuvga erishgan "Bavariya"ga sotishlarini so'radi. Qayd etish kerakki, Myunxen klubi ayni damda bitim yakunlanishi ustida ishlamoqda.
Futbolchi o'tgan mavsum 39ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 7ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar