Zabihillo O'rinboev - Osiyo chempionati U-19 to'purari
23 okt 2014 21:22
Yangiliklar

Zabihillo O'rinboev - Osiyo chempionati U-19 to'purari
Bugun Myanma davlati mezbonlik qilgan U-19 Osiyo chempionati o'z nihoyasiga etdi.
Finalda Qatar yoshlari KXDR ustidan 1:0 hisobida g'alabaga erishib chempion bo'lishdi.
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yarim finalga qadar etib kelib JCH-2015 yo'llanmasiga ega chiqqanidan xabaringiz bor.
Terma jamoamiz hujumchisi Zabihillo O'rinboev musobaqa davomida 5ta gol urib to'purarlardan biriga aylandi. Qatarlik Ahmad Al Saadi va KXDR vakili Jo Kvang Myong hisobida ham 5tadan gol mavjud.
Malumot uchun, 2012 yil BAAda bo'lib o'tgan U-19 Osiyo chempionatida 7ta gol urgan Igor Sergeev to'purarga aylangan edi.

Fikrlar