So’nggi yangiliklar

20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  2 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  15 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6

Zabihillo O'rinboev: “Eng yaxshilar uchtaligiga kirishning o'zi ham sharaf” Yangiliklar

Zabihillo O'rinboev: “Eng yaxshilar uchtaligiga kirishning o'zi ham sharaf”

Malumki, bu yil Osiyoning eng yaxshi yosh o'yinchisi bo'lishi kutilayotgan “Bunyodkor”ning iqtidorli futbolchilaridan Zabihillo O'rinboev ham o'rin egallagan.

20 yoshli hujumchi uchun joriy mavsum har xolda ijobiy o'tdi deyish mumkin. Eng avvalo O'rinboev yoshlar terma jamoamiz bilan kichik mudialda ishtirok etib qaytdi va o'z klubi safida ham ko'plab uchrashuvlarda boshlang'ich tarkibdan o'rin oldi. SHu bois bo'lsa kerak uning laureatlar safidan o'rin egallashi bejiz emasligi. Kuni kecha Zabihillo bilan shu haqda suhbatlashganimizda, u ham o'zi uchun kutilmagan xabar bo'lganini takidladi.

- 2015 yilda Osiyoning eng yaxshi yosh o'yinchisi bo'lishga yaqin turibsiz.
- To'g'risi, bu haqda xattoki o'ylab ko'rmagan ham edim. SHuning uchun bu menga kutilmagan sovg'a bo'ldi. Albatta yoqimli xabarni eshitib boshim osmonga etdi.

- Siz kabi nomzodi bor bo'lgan futbolchilar ham o'zingizning do'stlaringizdir. Bu ham qaysidir manoda kutilmagan xol bo'ldimi?
- Bundan ham xursand bo'ldim. Haqiqatdan ham jamoadosh do'stlarim – Eldor ham Doston ham bunga munosib deb o'ylayman.  

- Bosh sovrinni yutish imkoniyati kimda ko'proq deb tahmin qilasiz?
- Menimcha alohida bir kishini ko'rsatish qiyin. SHaxsan men uchun osiyoda eng yaxshilarning uchtaligiga kirishning o'zi ham sharaf. Kim g'olib chiqishi Yaratganning o'ziga havola. Buni o'sha taqdirlash marosimida bilib olamiz.

- Aytingchi sizningcha bu yil yosh futbolchilardan kimlar ko'proq eng yaxshilar bo'lishdi?
- “Nasaf”dan Odil Hamrobekov bilan “Paxtakor”dagi Javohir Sohibovni aytgan bo'lardim. Ko'rdingiz ular milliy terma jamoadan ham chaqiruv ola boshladi. SHuningdek “Bunyodkor”dagi jamoadoshlarimdan Doston Hamdamov, Eldor SHomurodov, Akram Komilov va Rustam Ashurmatovni alohida etirof etaman.  

- Mavsum-2015dan ko'nglingiz qanchalik to'ldi?
- Unchalik ham ko'p qoniqish xosil qilmadim. Birinchi davragacha hammasi yaxshi kechayotgandi. Ammo keyinchalik u darajada yorqin bo'lmadi. Ammo nolimayman ham. Nasib qilsa kelasi yil o'z ustimda yanada astoydil ishlab, yorqin jihatlarimni namoyon etishga xarakat qilaman. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.   

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика