Zabihillo O'rinboev: "Endi bor etiborimizni "Zob Ahan"ga qarshi o'yinga qaratamiz"
31 mar 2016 22:35
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/203299_original.jpg)
![](/upload/storage/203299_220.jpg)
Zabihillo O'rinboev: "Endi bor etiborimizni "Zob Ahan"ga qarshi o'yinga qaratamiz"
"Mazkur to'qnashuv biz uchun juda qiyin kechdi. "Mashal" jamoasi himoyadan o'ynagani bois ularning mudofaa chizig'ini yorib o'tish katta qiyinchilik tug'dirdi. Jamoamiz yaxshi o'ynadi. G'alabani o'z tomonimizga og'dirib olishga rosa urindik. Ammo yakunda buni uddalay olmadik. G'alaba qozona olmaganimizga sabab? Omad etishmagani tufayli bugun ikki ochkoni yo'qotdik. Gol ura olmayotganim? Bu futbol. Bu kunlar o'tib ketadi va tez orada gol urishni boshlayman deb o'ylayman. Jamoamizda ruhiy tushkunlik yo'q. Hozirgina murabbiylar kiyinish xonasida bor etiborni "Zob Ahan"ga qarshi o'yinga qaratishimizni takidlashdi. Endi bo'lajak o'yin haqida o'ylamoqdamiz. Agarda keyingi bahsda Erondan g'alaba bilan qaytsak, shunda hammasi yuvilib ketadi", - dedi Zabihillo O'rinboev.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar