So’nggi yangiliklar

22:10Расман: Сержи Робертонинг янги клуби маълум қилинди  1 21:53"Барселона" 22 ёшли футболчи билан 5 йиллик шартнома имзолади  1 21:37Суперлига. "Металлург" - "Динамо" 0:1  0 21:13"Барселона" жамоа сардорларини маълум қилди  1 20:55Суперлига. "Металлург"нинг ғалабасиз серияси давом этади. Бу сафар "Динамо"га 3 очко совға қилинди  39 20:37"Ювентус" ўтган мавсумда энг кўп ассист амалга оширган футболчиси билан шартнома имзолади  0 20:10Эрон. "Истиқлол" - "Малаван". Машарипов асосий таркибдами?  0 19:49Санчо яна МЮни тарк этадими?  0 19:21"Вальядолид" "Реал" футболчисини ижарага олди  0 18:49"Барселона" футболчисини Франция клубига сотмоқда  1 17:53"Челси" "Наполи" таклифини рад қилди  3 17:32Тожикистон грузиялик мураббий билан ҳамкорлик қилишда давом этади. Унинг олдига термани Осиё Кубоги-2027га олиб чиқиш вазифаси қўйилган  1 17:07Камавинга ортидан "Реал"нинг яна бир асосий футболчиси жароҳат олди  1 16:45Футбол олами. Қолдирилган ўйинларда "Пахтакор" ва "Нефтчи" ютқазди, "Насаф"да ғалаба  0 16:30"Where is Messi?". "Give Me Sport" футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳужумчилар рўйхатини шакллантирди  8

"Yuzilar yorug' bo'lsin, bolam" Yangiliklar

"Yuzilar yorug' bo'lsin, bolam"

Bugun biz uchun final.

BAA yashil maydonlarida o'tayotgan Osiyo kubogi o'zining ayni qizg'in pallasiga kirib bormoqda. Biz esa o'sha cho'g' alanga oladigan paytda olov ichida bo'lib eng baland "yonish" uchun kurashamizmi yoki chekkada qolib tomoshabinga aylanamiz, buni bugun bilib olamiz.

Oldimizda juda kuchli raqib

"Kengurular" guruh bellashuvlarini yomon natija bilan boshlashdi. Iordaniyadan uchralgan mag'lubiyat o'zlariga kelib olishlariga yordam bergandir balki. Ammo, o'sha boy berilgan o'yinda ham Arnold shogirdlari ko'plab hujumlar uyushtirishgan edi. Keyingi ikki uchrashuvda esa g'alaba qo'lga kiritildi. Amaldagi chempionlarning o'yinlarini kuzatib ular guruhda zaxira bilan o'ynagandek tasavvur paydo bo'ldi. Nimchorak final oldidan Iordaniya guruhda zo'r o'ynab yuborgan bo'lsa-da, pley-offda istalgan payt yutqazib qo'yishi mumkinligi, Avstraliya esa xuddi Eron, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi aynan pley-offda haqiqiy kuchini ko'rsatishi haqida fikr bildirgan edim. Kecha Iordaniya fikrimning birinchi qismi to'g'ri ekanligini ko'rsatdi va nimchorak finaldayoq musobaqani tark etdi. Ilohim, bugun o'zimizning yigitlar fikrimning ikkinchi qismi xato bo'lganini isbotlashsin.

Pley-offda tajriba va klass asosiy planga chiqadi. SHu sabab yuqoridagi 4 jamoa aynan guruhdan keyingi bahslarda yo'lbarsga aylanishadi. O'sha yo'lbarsni jilovlash esa futbolchilarimiz qo'lida. Avstraliyaning tarkibi va ularning darajasi biznikilardan biroz ustun. Ular standart vaziyatlarda juda kuchli, bu ularning eng katta "fishkasi" desa ham bo'ladi. Bundan tashqari, havolatib uzatiladigan to'plar va yakka kurashlarda ham aynan ular Osiyoda forslar bilan birga etakchi hisoblanadilar. "Yashil qita" vakillarining qanotlari juda kuchli, chap qanot vingeri Kris Ikonomidis, unga o'sha qanotda himoyadan tez-tez yordamga keladigan Aziz Bexich, o'ng vinger Aver Mabillar futbolchilarimizga yaxshigina tashvish bo'la olishadi. Lekin, biz o'zimizning akalarimiz va ukalarimizga ishonamiz. Ularning hujumida Jeymi Maklaren degan ajoyib forvard paydo bo'lgan. Jamoaning markazi juda kuchli. Mark Milligan, Jekson  Irvin va Tomas Rogich markazda ustunlikni uncha-munchasiga berib qo'ymaydi. Himoya ham juda kuchli, darvozabon Metyu Rayyanga esa ortiqcha tariq shart emas. APLda o'z klubining asosiy posbonini shaxsan o'zim Osiyoning eng kuchli ikki kiperidan biri deb hisoblayman.


ISHONCH

Raqib har qancha kuchli va xavfli bo'lmasin o'zimiznikilarga ishonamiz. Nesterov Mabil-u Rogichlarning zarbalarini "yo'q" qiladi. Ignat finalga teng bahsda "De Xea rejimi"ni yoqishiga ishonamiz. Anzur havodagi to'p uchun kurashlarda Maklareniga ham, boshqasiga ham imkon bermasligiga ishonamiz. Qanot himoyachilarimiz Mabil va Ikonimidislarning erkin nafas olishlariga yo'l qo'ymasligiga ishonamiz. Dostonimiz Bexichni hujumga yordamga kelolmay himoyada ovora-yu sarson bo'lishiga majbur qiladi deb ishonamiz. Odil, Otabek, Javohir, Fozil va balki Ikrom markaz nazoratini Milligan-Rogich-Irvin uchligiga bermasligiga ishonamiz. Eldorimiz esa Seynsberisi-yu Metyu Rayyanini bir necha bor ranjitishiga ishonamiz. Bizni doim sheriklarini boshyara va oldinga chorlay oladigan Odilimiz bor, kerak paytda darvozasini qulflab qo'yadigan Ignatimiz bor, himoyani boshqaradigan haqiqiy "qoya" Anzurimiz bor, himoyachilarni ortidan yugurtira-yugurtira gol urib ketadigan Eldorimiz bor. Biz barcha yigitlarimizga ishonamiz.

Jaloliddinning matbuot anjumanida aytgan alamimiz bor degan gapi meni xursand qildi. Demak, ertaga ular ichlaridagi alamni chiqarib tashlash va o'sha mashum mag'lubiyatdan qolgan dog'ni ketkazish uchun ham maydonda borlarini tashlab ketishadi. Kuper ham nasib qilib finalga chiqishini va faoliyatining oxirgi qismlarida "doimiy ikkinchi" tamg'asidan qutulishini juda va juda xohlaymiz.

Avstraliyaga qarshi o'yinimiz haqida ko'plab fikrlar va taxminlar hayoldan o'tmoqda. SHu sabab mana tong yaqinlashib qolgan ersa-da hamon uyqu kelmadi. Bugun muxlislarga g'alaba taqdim eting, men esa sizlarning har biringizga atab alohida galereya chop etaman. Ha, aynan shunday. Agar bugun ishonchlarimiz oqlansa joriy musobaqada maydonga tushgan yoki tushmaganidan qati nazar 23 nafar futbolchimizning har biriga atalgan alohida galereyalar (jami 23ta galereya)ni chop etaman.


ONA duosi...

SHu kungacha malum muddatga xizmat safarlariga ketganimda bir jihatga alohida etibor qarataman. Yani, imkon qadar onam bilan har kuni gaplashmaslikka. Bu safar ham Dubay shahriga kelganimizga 2 hafta bo'lgan bo'lsa, mexribonim bilan 4 martagina suhbatlashdim. Bunday qilishimning sababi har safar onam bilan gaplashayotgan paytimda yoki gaplashib bo'lganlaridan keyin ko'zlariga yosh olib yig'lab yuboradilar. Onamni yig'latmaslik uchun ham kamroq suhbatlashishga harakat qilaman.

Bugungi o'yin oldidan kecha volidam bilan gaplashdim. Suhbatimiz oxirida qachon kelasan deb so'radilar. Men esa ertangi o'yin qachon qaytishimga oydinlik kiritib berishi mumkinligini, yani terma jamoamiz g'alaba qozonib keyingi bosqichga chiqqan taqdirda safarimiz cho'zilishini, agar mag'lubiyatga uchraydigan bo'lsak tezroq qaytishim mumkinligini aytdim. Onam esa shunday dedilar: "Tezroq qaytmasanglar ham yuzilar yorug' bo'lsin, bolam" va yana yig'lab yubordilar...

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +117   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика