So’nggi yangiliklar

10:35Кувайт U-23 бош мураббийи: "Футболда барча ғалаба қозонишни хоҳлайди, лекин биз етарли тажрибага эга эмасмиз"  0 10:11Ўзбекистон U-23 — Кувайт U-23 ўртасидаги учрашувни суриялик ҳакам бошқариб боради  1 09:44Салоҳнинг «Ливерпуль»даги келажаги маълум  0 09:20ПСЖ собиқ устози «Барселона»ни бошқариши мумкин  6 08:55Дилшод Раҳматов: «Ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз. Мақсадимиз – чемпионлик!»  1 08:31Sofascore. Элдор Шомуродовнинг кечаги ўйини неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  9 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  1 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Файҳа" 3:1   0 01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  42

"Yuventus"ning yangi yulduzi de Ligt nimalarga qodir?! Yangiliklar

"Yuventus"ning yangi yulduzi de Ligt nimalarga qodir?!

Kuni kecha Matteys de Ligt Turin klubi safiga o'tdi.

Edingizda bo'lsa, o'tgan mavsum Niderlandiya klubi “byankoneri”ni CHempionlar Ligasi turniridan chiqarib yuborgan, Allegri ECHL sovrinini qo'lga kiritishida esa De Ligt katta to'sqinlik qilgan edi. O'shanda hech kim yosh o'yinchi Italiya grandi safiga kelib qo'shiladi deb o'ylamagan. Biroq Millatlar Ligasi doirasidagi Portugaliya - Niderlandiya uchrashuv vaziyatni tubdan o'zgartirib yubordi.

“Olovranglilar” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, Portugaliya etakchisi Krishtianu Ronaldu yosh o'yinchidan “Yuventus”ga kelishini so'radi. SHundan so'ng, ko'pchilik Ronaldu bor ekan, “Yuventus” skautlik xizmatiga muhtoj emas degan hazilomuz gaplar ham aytdi. Matteysning omadli mavsumidan so'ng, Evropaning etakchi klublari unga katta qiziqish bildirgani hech kimga sir emas. Biroq “Ayaks”ning yosh himoyachisi takliflardan birini tanlashda etarlicha aqlli ekanini ham isbotlab bera oldi. Markaziy himoya chizig'ida Leo Bonuchchi va Jorjio Kellini kabi kuchli o'yinchilar harakatlanadigan jamoada, u ko'p narsani o'rganishi mumkin.

Qahramonimiz Amsterdam janubidagi Abkud nomli kichik shaharchada voyaga etdi. De Ligt 5 yoshida tennis bilan shug'ullanishni boshladi va bu borada yutuqlarga ham erishdi. Ammo bir marta futbol o'ynab ko'rganidan so'ng, tennisni butkul unutdi. Ushbu sport turi uning butun vujudini qamrab oldi. Bir do'stining mashg'ulotlariga qatnadi va maydonga tushishni intizorlik bilan kutdi. G'ayrati kuchli ekaniga qaramay, oradan bir yil o'tibgina unga imkoniyat berildi. U uch yilini shaharchasining oddiy jamoasi — “Abkud”da o'tkazdi. Keyin esa omadi kelib “Ayaks” skautlarining etiboriga tushdi. Avvaliga Amsterdam klubi skauti jamoada o'ynab keta olishiga shubha qildilar, sababi u ancha og'ir-bosiq yigit edi. Ammo ular De Ligtning iqtidorini ko'rib, unga ishonch bildirdilar.

Matteys de Ligtga bolaligidan uncha qiziqish bo'lmagan, ammo bugungi kunda u OAVning etibor markazidan tushmayapti. U bo'sh vaqtini qiziqarli shou ko'rib, FIFA o'ynab o'tkazishni xush ko'radi. Vaqtini yolg'iz o'tkazish — u uchun normal holat. Matteys nima qilishi kerakligini juda yaxshi biladi. SHuningdek, u etakchilik sifatlariga ham ega. Mashhur Mino Rayola bilan hamkorlikda ish olib boradigan agent — Barri Xyulsxoff intervyularidan birida o'yinchi haqida shunday degan edi: “Uning hayoli mudofaa harakatlarini takomillashtirish bilan band. U oldiga qo'ygan maqsadiga doim erishishga harakat qiladi. Agar jarohat olmasa, barcha ishni uddalay oladi".

Ehtimol ishonmassiz, biroq de Ligtni bolaligida Rafael van der Vaart bilan taqqoslashardi. Gap shundaki, Matteys bir qancha vaqt mobaynida yarim himoyachi poziciyasida harakatlangan. Avvaliga u barchasini yaxshi bajargan, ammo yoshlar jamoasi murabbiyi uni orqa chiziqqa qaytarishga qaror qilgan. Maydonni ko'ra olish qobiliyati, aniq paslari tufayli de Ligt yangi poziciyaga tez moslashdi. 15 yoshli yigitcha o'zidan yoshi katta bo'lgan raqiblari bilan ham bemalol raqobatlasha olardi.

2016/2017 yilgi mavsum de Ligt faoliyatida katta burilish yasadi. U o'sha yilni yoshlar jamoasida boshlab, qisqa vaqt ichida professional tarkibga qo'shildi. Matteys CHempionlar Ligasi saralash bahslariga boradigan o'yinchilar qatorida bo'lsa-da, “Villem II”ga qarshi Kubok o'yinida debyut qildi. De Ligt gol urib, professional futbolda faoliyatini muvaffaqiyatli tarzda boshlab oldi. O'sha kundan uning karerasi jadallik bilan o'sa boshladi.

De Ligt 17 yoshida Niderlandiya milliy terma jamoasi safida debyut qildi. U Bolgariyaga qarshi bahsda jiddiy xatoga yo'l qo'ydi. Natijada tanaffus payti zaxira o'rindig'idan joy egalladi. Ko'pchilik bu unga kuchli psixologik zarba bo'lishi mumkin deb tahmin qilgan edi. Aytishlaricha, shunday vaziyatlardan so'ng, o'yinchi rivojlanishdan to'xtab qolar emish. Ammo bunday gap-so'zlar Matteysga halal bermadi. U mashg'ulotlarga qatnab, o'z ustida ishladi va bugungi kunda terma safida ham faoliyat yuritib kelmoqda.

Yosh bo'lishiga qaramay, Matteys di Ligt yuqori darajaga erishdi, ammo uning salohiyati bundanda yuqori. Kuni kecha u hayotidagi eng jiddiy qadamlardan birini qo'ydi — “Yuventus” safiga o'tdi. “Keksa sinora” nima uchun de Ligtga kerak ekani barchaga birdek ayon. Lekin yana bir gap, uning o'zi klubga nima bera oladi? O'tgan mavsum turinliklar CHempionlar Ligasi sovrinini qo'lga kiritish uchun harakat qilib ko'rdilar. Ketma-ket 7 marta Italiya titulini qo'lga kiritishlari hech kimni qiziqtirmay qo'ydi. Biroq asosiy turnirdagi davomli muvaffaqiyatsizlik hammaning joniga tegdi. Krishtianu Ronaldu kelib, barcha qiyinchilikni bartaraf etishiga ko'pchilik ishongan edi, ammo hammasi biz kutgandek bo'lmadi: CHempionlar Ligasi va Italiya Kubogidagi mag'lubiyat.

“Ayaks”ning yosh va chaqqon tarkibi o'tgan mavsum juda chiroyli o'yin namoyish etdi. Bu esa Andrea Anelli yozda inqilobiy o'zgarishlarga qo'l urishiga undadi. Massimiliano Allegri ishdan bo'shatildi, uning o'rnini Mauricio Sarri egalladi.

Uzoq yillar davomida “Yuve” himoyasidagi uchlik - Bonuchchi, Bardzali va Kellini o'rnak sifatida ko'rsatilardi, biroq ularning birinchisi o'tgan mavsum so'ngida faoliyatini yakunllashga qaror qildi, Leo bilan Jorjioni esa endi yosh o'yinchilar sirasiga kirmay qoldi. “Yuventus” himoya chizig'ini qayta tuzib chiqish haqida o'ylab ko'rishi lozim. Xo'sh, nima deb o'ylaysiz, hozirgi kunda de Ligtdan ham yaxshiroq nomzod bormi?! Daniele Ruganining o'tgan mavsumdagi jarohatlari endi u yuqori darajada o'ynay olmasligini oshkor qilib qo'ydi. Matteys esa undan 5 yosh kichik bo'lishiga qaramay, nimalarga qodir ekanini allaqachon isbotlab bo'ldi.

De Ligt Italiya “sayohati”dan o'ziga kerakli narsalarni olishiga shubha yo'q. Axir, hozirda himoyachi uchun bu mamlakatdan yaxshiroq variant bormikan?! Matteys juda og'ir-bosiq, sokin va kamtar yigit. U bilmaganlarini o'rganib, yangi tajriba orttirishga tayyor turibdi: “Menga Kellini juda yoqadi. U — dunyodagi eng yaxshi himoyachilardan biri. Bonuchchini ham hurmat qilaman. Ular birgalikda Evropaning eng kuchli markaziy himoyachilar juftligi bo'ladilar. Ular mendek yosh o'yinchilar uchun yaxshigina namunadirlar. SHuningdek, meni Alessandro Nesta va Yap Stam bilan taqqoslashlaridan juda xursandman. Ular fantastik futbolchilar edi. Biroq ularning darajasiga etish uchun o'z ustimda hali ko'p ishlashim zarur”, — deydi de Ligt.

“Yuventus” uzoq yillar davomidagi og'riqli nuqtalaridan biri — himoya chizig'ini xavfsizlantirish uchun transfer bozorida katta ishlar qilishga tayyor. De Ligt gollaniyalik bo'lasa-da, Italiya futbol uslubiga juda ham mos futbolchidir.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика