“Yuventus”ning yana bir futbolchisida koronavirus aniqlandi
14 okt 2020 20:15
Yangiliklar


“Yuventus”ning yana bir futbolchisida koronavirus aniqlandi
Avvalroq, turinliklar forvardi Krishtianu Ronalduning COVID-19'ga topshirgan test tahlili ijobiy chiqqani haqda xabar bergandik.
SHuningdek, bugun “Yuve” yarim himoyachisi Ueston Makkennida ham koronavirus aniqlandi. Futbolchi izolyaciyaga olingan va 10-14 kun davomida karantinda bo'ladi.
Makkenni joriy mavsum Italiya chempionatida 2 ta o'yin o'tkazgandi. U yozda "SHalke"dan ijara asosida A Seriya grandi safiga ko'chib o'tgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar