"Yuventus"ning transfer bozoridagi dastlabki uch xaridi aniq

Tolibjon Qosimov
21 may 2018, 20:06
Italiyaning ketma-ket 7 bor chempioni "Yuventus" transfer oynasidagi dastlabki xaridlarini italiyalik futbolchilar bilan boshlamoqchi.

Bu haqda "Sportmediaset" nashri xabar bermoqda.

"Yuventus" Janluiji Buffonning o'rnini to'ldirish maqsadida "Jenoa"dan darvozabon Mattia Perinni, shuningdek "Atalanta"dan Kristante hamda "Milan" yarim himoyachisi Jakomo Bonaventurani olmoqchi.

Mattia Perin borasida klublar uchrashuv belgilashgan va tez orada bu transfer masalasi hal etiladi. "Atalanta" yarim himoyachisi Kristanteni qo'lga kiritishda esa "Yuventus"ga "Lacio" raqobatchilik qiladi.

"Milan" a'zosi Bonaventurani sotib olish esa "Yuve"ga oson bo'lmaydi. Chunki "Milan" Bonaventurani sotmoqchi emas. Ammo "Milan" "Yuventus" hujumchisi Mario Manjukichning xizmatlariga qiziqib qolgani ushbu masalaga echim bo'lishi mumkin. Allegri esa Manjukichni "Yuventus"dan ketishiga qarshi emas.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sportmediaset