So’nggi yangiliklar

15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  0 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  1 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  4 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  0 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  3 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  3 11:53Начо ва Васкес "Реал" билан шартномасини узайтиради  2 11:23"Шўртан"нинг мавсумдаги илк ғалабаси қандай қўлга киритилди?   0 10:37Футзал. Терма жамоамиз бугун Қирғиз Республикасига қарши баҳс олиб боради  0 10:00Хави «Барселона»да қолиши мумкин, бироқ бош мураббий сифатида эмас  4 09:24Месси футболдан ташқари яна қайси спорт турларига қизиқишини айтди  14 08:50Про лига. Бугун турнинг марказий учрашуви бор  8 08:34Шеригини «нокаут» қилган Бекмуродов жарима тўлайди. ЎФА Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари эълон қилинди  17

"Yuventus"ning muammolari yoxud o'xshamagan superklub loyihasi Yangiliklar

"Yuventus"ning muammolari yoxud o'xshamagan superklub loyihasi

Yaqindagina Italiya Futbol Federaciyasi sudi "Yuventus"dan 15 ochko olib tashladi.

Bunga klubning moliyaviy firibgarliklari sabab bo'ldi, Prokuratura tomonidan olib borilgan surishtiruvlardan so'ng aniq bo'lishicha, "Yuventus" rahbariyati bir necha yillar davomida noto'g'ri moliyaviy hisobot berib kelgan, klub xar mavsum o'z yo'qotishlarini yashirib kelgan va jamoa mavsumni foyda bilan yakunlab kelganini elon qilgan. 



Italiya prokuraturasi "Yuventus"ga qarshi jinoiy ishni boshlagandan so'ng klub prezidenti Andrea Anelli hamda vice-prezident Pavel Nedved va direktor Mauricio Arrivabene istefoga chiqqanini elon qildi, Direktorlar kengashi ham istefoga chiqishga ulgurdi. Jamoada ro'y bergan muammolar, nima sabab bo'lgani, xullas, bu voqealarni chuqurroq o'rganib chiqamiz.


Italiyadagi gegemonlik va CHempionlar Ligasidagi finallar

"Yuventus" sobiq prezidenti Andrea Anelli jamoa prezidenti lavozimiga 2010 yil 19 may kuni tayinlangan edi. Qizig'i shundaki, Andreaning otasi ham (Umberto Anelli), "Yuventus"da prezident lavozimida ishlagan (1962 yil). Andrea jamoaga prezident bo'lib kelgan davr "keksa sinora" og'ir damlarni boshdan kechirayotgan edi, jamoa 2010/11 yilgi mavsumni 7-o'rinda yakunlagan edi. Anelli jamoani 12 yil boshqardi, uning boshqaruv davrida jamoa Italiya chempionati 7-o'rinidan Siciliya orollari mutlaq gegemoniga aylandi va Evropa maydonlarida "Atletiko" kabi grandlar kushandasiga aylandi, ammo Anelliga "Yuventus"ning ushbu imiji maqul kelmadi va Anelli "Yuventus"ni "Real" "Barsa" va "Bavariya" kabi grandga aylantirish haqida bosh qotirdi, shu yo'lda rivojlanishning yangi strategiyasini o'ylab topdi.


Katta rejalar va ularning barbod bo'lishi

"Yuve" katta transferlarga qo'l ura boshladi. 2018 yili Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ga o'tdi, jamoa o'z tarixidagi eng qimmat transferga ko'l urdi. Portugaliyalik o'yinchining "klausula"si 117 million evroni tashkil etdi. Ronalduning yangi jamoasidagi ish haqi 31 million evro edi, klub uchun esa ushbu shartnoma daromad soliqlari bilan jami 54 million evroga teng bo'ldi. Ronalduning transferi klubni brend sifatida rivojlantirish uchun ayni muddao bo'ldi, klub transferdan so'ng birinchi kunning o'zidayoq 520 ming dona futbolka sotdi, birinchi haftada esa klub Ronaldu futbolkalaridan 54 million evro foyda qildi. 


Ronaldu transferidan bir yil oldinroq esa jamoa logotipini o'zgartirdi. Klub yangi akciyalarni chiqardi, logotipini o'zgartirdi, lekin jamoaga bu etarlicha emas edi. "Yuventus" 2017/2018 yilgi mavsumni 20 million evro zarar bilan yakunladi, bir yil o'tar-o'tmas, 2018/2019 yilgi mavsumda esa jamoa 40 million zarar ko'rdi, bu rivojlanayotgan klub uchun yaxshi natija. Klub ushbu qarzlarni, yangi akciyalar to'plamini sotuvga chiqarish bilan zarar miqdorini qoplab ketmoqchi edi, lekin Covid-19 pandemiyasi Anelli rejalarini barbod qildi. Pandemiya "Yuventus"ni eng noqulay vaqt tutib oldi, jamoa 2021/2022 yilgi mavsumni 113 million evro zarar bilan yakunladi. "Yuventus"ning barcha rejalarini pandemiya barbod qildi. Turinliklar katta xarajatlar qilayotgan vaqtda jamoa katta daromad ham qilishi kerak edi, lekin pandemiya bunga to'sqinlik qildi: chempionatlar to'xtatildi, futbol uchrashuvlari muxlislarsiz o'tdi, jamoalar esa katta zarar ko'rishdi. "Keksa sinora" uchun esa bu juda katta yo'qotish bo'ldi. "Yuventus"ning o'tgan yilgi moliyaviy hisobotida keltirilishicha, jamoa 2019-2022 yillar oralig'ida 320 million evro mablag'ni ishlab olishi kerak edi, lekin pandemiya bunga to'sqinlik qildi. 2021 yilda jamoa qo'shimcha kapital jalb etdi, aniqrog'i, 400 million evro miqdoridagi yangi akciyalar to'plamini sotuvga chiqardi, yangi akciyalar klubning amaldagi akciyadorlariga bo'lib berildi. Qizig'i shundaki, klub 2019 yili ham qo'shimcha kapital jalb etishga majbur bo'lgandi, jamoa 300 million evroga teng akciyalarni sotuvga chiqargandi. 2019-2022 yillar orasidagi jalb etilgan kapitalning jami miqdori 700 million evroga teng bo'ldi. Ushbu summa "keksa sinora"ning moliyaviy muammolari qay darajada katta bo'lganini ko'rsatib berdi. Qo'shimcha kapital jalb etilgani yashirilgani tufayli keyinchalik huquq-tartibot organlari etiborini tortdi.


Moliyaviy muammolarning prokuratura tomonidan aniqlanishi va surishtiruv ishlari

"Yuventus" o'z hisobotlarida noto'g'ri malumot bergani uchun "Yuventus" moliyaviy direktori CHirrato, sobiq moliyaviy direktor Bertola va uning jamoasi asosiy ayblanuvchi sifatida ko'rilmoqda. Jinoiy ishda jamoaning akciyalar narxi suniy ravishda noto'g'ri hisobotlar orqali oshirilgani, futbolchilar transfer summasi oshirib ko'rsatilgani Turin prokuraturasining etiborini tortgan. Jamoa va futbolchilarning bunga aloqasi yo'q.


Sud jarayoni va jazo

20 yanvar kuni Italiya Futbol Federaciyasi sudi prokuratura ayblovini qo'llab, jamoadan 15 ochko olib tashladi. Bir necha kundan so'ng "Yuventus" klubi rasmiylari sud qarori bilan rozi emasliklarini va 15 ochko olib tashlangani uchun apellyaciya berishini elon qildi. 



"Yuventus" futbol klubi bunday jazoni adolatsiz deb hisoblamoqda va futbol ommasi bu qarorni noto'g'ri deb hisoblamoqda. Moliyaviy firibgarlikda klub ishtirok etmagan faqat moliyaviy bo'lim jazolanishi kerak edi, "Yuventus"ga tayinlangan jazo juda qattiq va adolatsiz. "Yuventus" klubi uchun bo'lgan katta ustunlik shundaki, moliyaviy firibgarlikni sodir etishga tarixiy voqealar sabab bo'lgan, yani pandemiya "Yuventus" moliyaviy rejalariga katta tasir qilgan. Voqealar rivojini kuzatamiz...


Abdulvosit tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика