So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

"Yuventus"ning ECHLdagi ishtiroki haqida (qisqacha statistika) Yangiliklar

"Yuventus"ning ECHLdagi ishtiroki haqida (qisqacha statistika)

Evropa CHempionlar Ligasi pley-off bosqichi davom etmoqda.

Xabaringiz bor, Turinning "Yuventus" klubi musobaqaning joriy mavsumidagi ishtirokini 1/8 final bosqichida yakunlashga majbur bo'ldi. 

ECHL. "Yuventus" turnirni tark etdi 

Hozir Maurisio Sarri boshchiligidagi "keksa sinora"ning musobaqadagi ishtiroki haqida bazi malumotlar bilan o'rtoqlashamiz.

Demak, "ECHL-2019/20"da "Yuventus" sharafini jami 21 nafar futbolchi himoya qildi: 

Darvozabon: SHchesniy
Himoyachilar: Kuadrado, Danilo, De Ligt, Demiral, Bonuchchi, Rugani, Sandro, de SHilo,
Yarim himoyachilar: Xedira, Pyanich, Matyuidi, Bentankur, Remzi, Rabo, Muratore
Hujumchilar: Kosta, Bernardeski, Dibala, Ronaldu, Iguain

"Keksa sinora" futbolchilari 8 o'yinda 14 bor raqib darvozabonlarini ranjitishdi (8-o'rin). Ayni paytga qadar "Bavariya" (27), "Man Siti" (20), PSJ (20), "Tottenxem" (18), "Real" (16), "Atalanta" (16), "Zalcburg" (16) va "Liverpul" (15) klublari "Yuventus"dan ko'proq gol urgan. Takidlash lozimki, Turin superklubining barcha gollari 8 nafar futbolchining nomiga yozildi:

Ronaldu 4, Dibala 3, Iguain 2, Kosta 1, Remzi 1, Bernardeski 1, Matyuidi 1, Kuadrado 1.

Golli uzatmalar:

Dibala 2, Iguain 2, Bernardeski 1, Kuadrado 1, Sandro 1.

Raqib darvozasini o'qqa tutish bo'yicha "Yuve" 13-pog'onaga joylashgan. Italyanlar har o'yinda o'rtacha 13.6 tadan zarba berishgan.

Har o'yindagi o'rtacha to'p nazorati — 57.1 % (4-o'rin, "Barsa" bilan bir xil).

To'p uzatishlardagi o'rtacha aniqlik — 87.7 % (3-o'rin). "Yuventus"dan yaxshiroq natijani faqat "Man Siti" (89.5) va "Bavariya" (88.4) jamoalari qayd etishgan.

Turnir davomida Maurisio Sarri shogirdlariga 10 bor sariq kartochka ko'rsatildi.

Voycex SHchesniy darvozasiga 8 o'yinda 6 ta to'p kiritildi. To'plar nisbatidagi holat — (+8).

Joriy mavsum A Seriyada chempion, mamlakat kubogida finalchiga aylangan "Yuventus" Evropa CHempionlar Ligasining nimchorak finalida to'xtashga majbur bo'ldi. Xullas, italyan futboli gegemoni uchun mavsum shunday tugadi.

Katta ehtimol bilan, "Lion"ga qarshi bahs Maurisio Sarri uchun Turin klubi boshqaruvidagi so'nggisi bo'lsa kerak. Siz qanday fikrdasiz, italiyalik mutaxassisga ishonch bildirish kerakmi?

Faxriddin Ro'ziev

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика