“Yuventus”ga qarshi javob o'yinidan oldin “Atletiko”da katta yo'qotish bo'lishi mumkin
08 mar 2019 20:05
Yangiliklar


“Yuventus”ga qarshi javob o'yinidan oldin “Atletiko”da katta yo'qotish bo'lishi mumkin
Madridning “Atletiko” klubi sardori Diego Godin ECHLning “Yuventus”ga javob bahsini o'tkazib yuborish mumkin.
Urugvaylik futbolchi LaLiga doirasidagi “Leganes”ga qarshi uchrashuv oldidan o'tkazilgan so'nggi mashg'ulotda oyog'idan jarohat olib, mashqlarni erta yakunlagan.
Marca'ning xabar berishicha, futbolchi mashg'ulotlarga qaytishga uringan. Biroq, jahl bilan stadion to'siqlarini urib, kiyim almashtirish xonasiga yo'l olgan. “Leganes” qarshi uchrashuv 9 martga belgilangan.
“Yuventus” va “Atletiko” o'rtasidagi ilk uchrashuvda Diego Semione shogirdlari 2:0 hisobida muvaffaqiyat qozongandi. Javob o'yini esa 13 mart kuni Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar