“Yuventus”ga qarshi bahsga kelolmagani uchun “Napoli”ga qanday chora ko'rilishi malum
14 okt 2020 21:00
Yangiliklar


“Yuventus”ga qarshi bahsga kelolmagani uchun “Napoli”ga qanday chora ko'rilishi malum
Bu haqda jurnalist Romeo Agresti xabar bermoqda.
Italiya chempionati 3-turi doirasidagi “Yuventus”ga qarshi Turindagi o'yinga etib kelmagani uchun “Napoli”ga 0:3 hisobida texnik mag'lubiyat yoziladi. SHu bilan birga, neapolliklardan musobaqa reglamentini buzgani uchun 1 ochko olib tashlanadi.
Eslatib o'tamiz, “Napoli” 2 futbolchisida koronavirus aniqlangani tufayli “Turin”dagi o'yinga uchmadi. Rahbariyat esa mazkur bahsni keyinga qoldirish so'rab murojaat qilgan “Napoli”ning iltimosini rad etgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar