So’nggi yangiliklar

00:55Эмерик Лапорт шу ёзда унга "Реал" қизиққани ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  0 00:22"Реал" Киммихни "Барселона"дан илиб кетмоқчи?  0 23:45Миллатлар лигаси. Германия, Нидерландия ва Украина терма жамоалари иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:26"Ливерпуль" бир йилдан сўнг текинга "Байер"нинг асосий ўйинчиларидан бирини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 23:00Миллатлар лигаси. Англия Ирландиядан устун келди, Грузия, Молдова ва Арманистондан ишончли ғалаба  2 22:26FourFourTwo ўз талқинига кўра тарихдаги энг яхши итальян мураббийини эълон қилди  8 21:58Луис де ла Фуэнте "Барселона" футболчисининг жароҳатини маълум қилди  1 21:28Нима?! Серхио Рамос "Реал"га қайтиши мумкин  3 20:48Довбик жароҳат сабаб Украина терма жамоасидан Римга қайтди, "Рома" Шомуродовни кейинги ўйинга қўйиши мумкин  5 20:28Ўткир Юсупов қайтди, Ўзбекистон МТЖ машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  16 19:56Мадрид дербисидан аввал "Атлетико" "Реал"дан 2 кун кам дам олади. Бу Симеоне жамоасига ёқмаяпти  2 19:26Журналист: "Мураббий терма жамоани тарк этиши керак эди, унинг услублари эскирди"  9 18:44Трансфер мувозанати бўйича кўрсаткичларда АПЛ клуби 1,3 млрд евро зарарда экан  1 18:21Кроос Роналдунинг 900та голи ҳақида: "Машғулотларда урган голларимни қўшсам ҳам бунча бўлмайди"  3 17:39Футзал. Афғонистон терма жамоаси Тошкентда  6

"Yuventus"dan durang, CHempionlik sari dadil odimlayotgan "Inter" va A Seriya boshqa o'yinlari yakuni Yangiliklar

"Yuventus"dan durang, CHempionlik sari dadil odimlayotgan "Inter" va A Seriya boshqa o'yinlari yakuni

Italiya chempionati 33-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

"Yuventus" "Fiorentina" bilan durang o'ynadi

Qizig'i, janjallar bilan "Fiorentina"ni tark etgan va "Yuventus"ga ko'chib o'tgan Federiko Keza bu bellashuvga tashrif ham buyurmadi - italiyalikning jarohati bor. Muxlislar tribunalarga kiritilmayotgan bo'lsa-da, uni "iliq" kutib olishlari aniq edi. Mehmondo'stlikni "Fiorentina" ham ko'rsatib berdi. Yakini shogirdlari uchrashuvni zo'r boshlashdi. Kaseres bosh bilan yaxshi zarba berdi, Pulgarning uzoqdan yo'llagan zarbasidan keyin esa to'p ustunga tegib qaytdi. Bu kabi hujumlar samara keltirmasligi qiyin edi va natijada mehmonlar darvozasiga penalti belgilandi va Vlaxovich uni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Javob hujumida Remsi muvozanatni tiklashga juda yaqin kelgandi, biroq mo'ljalda biroz adashdi. Umuman olganda, birinchi bo'lim "Yuventus" uchun og'ir o'tdi.

Ikkinchi bo'lim avvalida esa Morata chinakam shedevr ko'rsatdi. Kuadradodan to'pni qabul qilib olgan ispaniyalik jarima maydoni burchagida bir aylanib, to'pni golkiperning ustidan tashlab qo'ydi. Goldan ruhlangan "keksa sinora" bosimni davom ettirish o'rniga, o'z darvozasidan gol olib chiqishiga sal qoldi. Avvaliga Riberi tepgan jarima zarbasiga bir oz aniqlik etishmadi, keyin esa SHensniy Pulgarning navbatdagi zarbasini qiyinchilik bilan qaytardi. "Yuventus" esa hujumda u qadar ham ko'p imkoniyat yarata olmasdi. Buning oqibatida Pirlo shogirdlari qanotlarda uzatmalarga tayanib qolishdi. Durang esa o'yin uchun adolatli natija bo'ldi.


CHempionlik sari dadil odimlayotgan "Inter" bu safar "Verona"ni engdi 

"Neradzurri" 11 yil deganda skudettoni qo'lga kiritishi mumkin. Bu futbolchilarga o'zgacha bosim yuklashi aniq va balki shu sabab jamoa oxirgi paytlar o'z darajasida harakat qila olmayotgandir. "Verona"ga qarshi uchrashuv ham ancha qiyin boshlandi. "Inter"da Xakimi ikki bor raqib darvozasiga xavf soldi, "Verona"da esa Dimarkoning noaniq zarbasini eslasak bo'ladi. Umumiy olganda, birinchi bo'limda jamoalar asosan maydon markaziga yaqin hududda kurashishdi va xavfli vaziyatlar deyarli yuzaga kelmadi.

"Verona" esa kutilmaganda ikkinchi bo'limni faol boshladi va vaziyatlar yaratardi. "Inter" esa Lautaroning individual harakatlari bilan javob berdi, lekin argentinalikning zarbasidan keyin darvozabon to'pni qaytarishni uddaladi. Maydondagi eng xavfli futbolchi Xakimi bo'lib qolaverardi, aynan uning jarimadan bergan zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Statistikaga qarasak, marokashlik futbolchi darvoza tomon 4 bor zarba yo'lladi. SHu o'rinda yana Kontening o'yinchi almashtirishlari ish berdi. Sanches va Xakimi kombinaciyasi hujumni boshlab berdi, Ashraf keyingi harakatda to'pni qanotga Darmianga uzatdi, Matteo esa himoyachilarni aldab, darvozaning uzoq pastki burchagini aniq nishonga oldi. "Verona" gol urishga ham muvaffaq bo'ldi. Xandanovich Faraoni bilan kurashda to'pni qo'lidan chiqarib yuborgandi, ammo hakam posbonga nisbatan qo'pollik ishlatilgandi deb topdi. "Inter" u qadar yorqin bo'lmasa-da, yana bir g'alabani qo'lga kiritdi va endi qachon rasman chempion nomiga sazovor bo'lishini hisoblashga tushdi.


"Napoli" "Torino"dan kulchi

Har ikki jamoa bu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan va g'alaba ko'zlab tushgandi. O'yinni keskin hujumlar bilan boshlagan mehmonlar tezkor gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bakayoko to'pni egallab, sherigiga oshirish o'rniga uzoq masofadan zarba berib qoldi. Oradan ikki daqiqa o'tib, Kulibali burchak zarbasidan keyin qaytargan to'p Osimxenga borib tushdi va u tezligini ishga solib, hujumni gol bilan yakunladi. Bunday start istalgan raqibni shoshirib qo'yishi aniq edi. Osimxen bir necha daqiqa o'tib, yana gol urishi mumkin edi. Lekin Lozanoning uzatmasidan keyin to'pni to'xtatib o'tirmay zarba yo'lladi. Biroq mo'ljalda biroz adashdi. Navbatdagi xavfli vaziyatda Politano raqiblarini ortda qoldirdi va darvozabonning harakatiga qarama-qarshi yo'nalishda zarba yo'lladi, lekin ustunga tekkan to'p maydonni tark etdi. "Napoli" birinchi bo'lim oxirida yana bir bor raqib darvozasi ustunini "tekshirdi", bu safar zarba muallifi Zelinski edi.

Ikkinchi bo'limda "Torino" qarshilik ko'rsatishga harakat qilib ko'rdi. Ansaldi uzoqdan zarba berdi, lekin keyin "Napoli" yana o'yin nazoratini o'z qo'liga oldi. Osimxenning bir o'zi uch bor xavfli zarba berdi, ammo Sirigu 2ta goldan keyin boshqa imkon bermadi. U ham jamoasiga yordam bera olmay qolganida, Insinening vaziyatidagidek, ustunlar yordamga kelardi. Natijada, "Napoli" muhim g'alabani qo'lga kiritdi va uchlikka kirib oldi.


"Lacio" uyida "Milan"ni tor-mor etdi

Uchrashuv hech kim kutmagan scenariy ostida start oldi. 1-daqiqadayoq Rebich bilan devor uslubida o'ynagan CHalxanoglu darvozaga kuchli va aniq zarba berdi, lekin Reyna jamoasi joniga oro kirdi. Javob hujumida esa "Lacio" hisobni ochdi. Korrea Immobiledan to'pni qabul qilib oldi, qulay nuqtaga chiqib borib, o'ziga xos fint bilan Donnarummani dog'da qoldir va to'pni darvoza to'riga yo'lladi. Rejalari buzilib ketgan "Milan" o'ziga kelishga va oldinga borishga harakat qilib ko'rdi. Biroq navbatdagi xavfli vaziyat ham "Lacio" tomonidan yuzaga keltirildi. Himoyachilar etiboridan chetda qolgan Immobile qulay vaziyatdan Donnarummani poyladi. Taym so'ngida esa Korrea bu safar assist rolini bajardi va himoyachilardan qochib ketgan Laccari oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Ammo "Milan" muxlislari xursandchiligiga sabab bo'lib, hakam golni bekor qildi.

Ikkinchi bo'lim esa deyarli birinchisi kabi boshlandi. CHalxanoglu hisobni tenglashtirishi mumkin edi, lekin imkoniyatidan foydalan bilmadi. Javob hujumida esa Korrea Tomorini dog'da qoldirdi va ideal zarba bilan darvozani ishg'ol qildi. "Milan" uchun barchasi juda yomon axvolga kelib qoldi va "qizil-qoralar" o'zlarini yo'qotib qo'ydi. "Lacio" esa uchinchi golga raqibdan ko'ra yaqinroq edi. Avvaliga Donnarumma Laccarining zarbasini qaytardi, keyin esa Luis Alberto uzatmasi bilan Immobile zarba berish uchun imkon topdi va to'pni darvozabonning ustidan tashlab qo'yayotgandi, to'p ustunga tegdi. O'sha vaziyatda omadi chopmagan CHiro uchrashuv oxiriga yaqinroq o'z golini baribir urib ketdi. Laccaridan to'pni qabul qilgan bombardir oyog'ining uchida zarba yo'lladi va nomini tabloga yozdirib qo'ydi. "Lacio" ECHL zonasiga yaqinlashmoqda, shu mavsum chempionlik uchun kurashgan "Milan"ning esa vaziyati tobora og'irlashib bormoqda.

SHuningdek, SHomurodov gol urgan o'yinda "Jenoa" "Speciya"ni taslim etdi, "Roma" kutilmaganda "Kalyari"ga yutqazdi, "Udineze" "Benevento"dan kuchli.


Sergey Rumyancev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика