"Yuventus" yarim himoyachisi 3 haftaga safdan chiqdi

Tolibjon Qosimov
26 fev 2018, 15:36
"Yuventus" vingeri Federiko Bernardeski tizzasidagi jarohat sabab taxminan 3 haftani o'tkazib yuboradi.

U A Seriya doirasidagi "Torino"ga qarshi bahsda jarohatlangan edi. Bu haqda "Football Italia" xabar berdi. Oldinroq o'yinchi operaciya qilinishi mumkinligi xabar qilingan edi. Bunday holatda o'yinchi mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishi mumkin edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia