"Yuventus" yaqin vaqtlar ichida ilk transferini elon qiladi
07 iyu 2018 11:04
Yangiliklar


"Yuventus" yaqin vaqtlar ichida ilk transferini elon qiladi
"Jenoa" darvozaboni Mattia Perin faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradi.
Jurnalist Janluka di Marcioning xabariga ko'ra, yaqin vaqtlar ichida transfer rasman elon qilinadi. Turin klubi posbon uchun 12 mln evro to'laydi, shuningdek, 3 mln evroni bonus tarzida vada qilgan. 25 yoshli darvozabon "byankoneri"lar bilan 4 yillik shartnomaga imzo chekadi.
Yakunlangan mavsumda Perin A Seriyaning 37 uchrashuvida qatnashdi va shularning 11tasida gol o'tkazib yubormadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar