“Yuventus” yangi bosh murabbiy borasida bir qarorga kelmadi
20 may 2019 08:46
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/496568_original.jpg)
![](/upload/storage/496568_220.jpg)
“Yuventus” yangi bosh murabbiy borasida bir qarorga kelmadi
Bu haqda klub vice-prezidenti Pavel Nedved malum qildi.
Nedved bir necha kun oldin jamoadan ketishi elon qilingan Massimiliano Allegri o'rniga keladigan murabbiy nomi hali aniq emasligini aytdi.
“Biz nomzodlarni qadrlaymiz. Ammo shoshilmaymiz. Allegriga o'rinbosar topish shunchaki oson ish emasligini bilamiz. Massimiliano bilan muzokara olib borayotgan vaqtimizda, yangi murabbiy izlash xayolimizga ham kelmagandi. Biz “Yuventus”ga qanday murabbiy kerak ekanligini bilamiz, ammo hozircha yakuniy qaror uchun tayyor emasmiz”,—dedi Nedved.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar