"Yuventus" Vlaxovichdan tashqari yana ikki markaziy hujumchini ko'zlamoqda
06 dek 2021 01:04
Yangiliklar
"Yuventus" Vlaxovichdan tashqari yana ikki markaziy hujumchini ko'zlamoqda
Italiyaning "Yuventus" klubi o'z tarkibini markaziy hujumchi bilan to'ldirishni istaydi.
Turin grandi uchun ustuvor vazifa "Fiorentina"da o'zini yaxshi ko'rsatayotgan Dushan Vlaxovich hisoblanadi, klub serb futbolchisi uchun jiddiy kurashga kirishgan, biroq "keksa senorlar" bu raqobatda favorit sanalmaydi.
Muqobil variantlarni izlayotgan "Yuventus"ning etibori Edinson Kavani va Mauro Ikardiga qaratilgan. Urugvaylik futbolchi hozirda "Manchester Yunayted"da, argentinalik hujumchi esa PSJda o'ynamoqda. Ikkala o'yinchi ham o'z klublarida asosiy tarkib o'yinchilari emas, bu esa ularning Turinga o'tish ehtimolini oshiradi.
Fikrlar