"Yuventus" Vlaxovichdan tashqari yana ikki markaziy hujumchini ko'zlamoqda

Aslanov Jasurbek
6 dek 2021, 01:04
Italiyaning "Yuventus" klubi o'z tarkibini markaziy hujumchi bilan to'ldirishni istaydi.

Turin grandi uchun ustuvor vazifa "Fiorentina"da o'zini yaxshi ko'rsatayotgan Dushan Vlaxovich hisoblanadi, klub serb futbolchisi uchun jiddiy kurashga kirishgan, biroq "keksa senorlar" bu raqobatda favorit sanalmaydi.

Muqobil variantlarni izlayotgan "Yuventus"ning e'tibori Edinson Kavani va Mauro Ikardiga qaratilgan. Urugvaylik futbolchi hozirda "Manchester Yunayted"da, argentinalik hujumchi esa PSJda o'ynamoqda. Ikkala o'yinchi ham o'z klublarida asosiy tarkib o'yinchilari emas, bu esa ularning Turinga o'tish ehtimolini oshiradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: euro-football.ru