"Yuventus" uch nafar futbolchi bilan kelishib oldi
22 mar 2020 17:56
Yangiliklar


"Yuventus" uch nafar futbolchi bilan kelishib oldi
"Yuventus" rahbariyati 3 nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.
"Corriere di Torino" xabariga ko'ra, Italiya klubi 42 yoshli posbon Janluijji Buffon, 35 yoshli himoyachi Jorjo Kellini va 32 yoshli yarim himoyachi Blez Matyuidi bilan shartnomani uzayrtiradi.
Ushbu mavsumda Buffon barcha turnirlarda 11 o'yinda qatnashdi va 9 gol o'tkazib yubordi. Jarohatidan yaqindagina forig' bo'lgan Kellini esa 3 o'yinda 1 gol urdi. Matyuidi 31 bahsda 1 gol va 2 assistentlik qayd etdi.
Qayd etish kerak, Blez ayni damda koronavirusdan davolanmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar