"Yuventus" Turkiya terma jamoasi forvardiga qiziqmoqda
19 jan 2021 08:36
Yangiliklar


"Yuventus" Turkiya terma jamoasi forvardiga qiziqmoqda
"Lill" hujumchisi Yusuf Yaziji faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
"Yuventus" muntazam ravishda o'z skautlarini Turkiya terma jamoasining 24 yoshli hujumchisini ko'rish uchun jo'natmoqda.
Yaziji joriy mavsum barcha musobaqalarda 23ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 4ta assist qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, forvard "Lill"ga 2019 yilda "Trabzonspor" klubidan o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar