"Yuventus" "Tottenxem" futbolchisiga yiliga 2,6 mln evro maosh taklif qilmoqda
21 iyu 2019 11:55
Yangiliklar


"Yuventus" "Tottenxem" futbolchisiga yiliga 2,6 mln evro maosh taklif qilmoqda
Turinning "Yuventus" klubi "Tottenxem" himoyachisi Kiran Tripperni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
"Keksa sinora" futbolchiga katta ehtimol bilan "Manchester Siti"ga o'tib ketadigan Joau Kanselu o'rniga ajoyib nomzod sifatida qaramoqda.
Qayd etish kerakki, "Yuventus" Tripperga 5 yillik shartnoma va 2,6 million evrolik bitim taklif qilmoqda.
28 yoshli o'yinchi "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Tottenxem" va "Siti"dan tashqari "Barnsli" va "Byornli" klublarida to'p tepgan.
Tripper yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 44ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta assistga erishgan.
U shuningdek 2017 yildan boshlab Angliya terma jamoasi futbolchisi sanaladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar