"Yuventus" Superliga haqida: "Biz musobaqaning muvaffaqiyatiga kafolat bera olmaymiz, ammo tasischi klublar barcha narsani ishga solishadi"
19 apr 2021 10:16
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/632090_original.jpg)
![](/upload/storage/632090_220.jpg)
"Yuventus" Superliga haqida: "Biz musobaqaning muvaffaqiyatiga kafolat bera olmaymiz, ammo tasischi klublar barcha narsani ishga solishadi"
Turinning "Yuventus" klubi rasman Superliga loyihasi haqida yana bir bayonotni elon qildi.
Qayd etish kerakki, turinliklar klubning 12ta tasischi klublaridan biri bo'ldi.
"Tasischi klublar Superliga loyihasini iloji boricha tezroq amalga oshirish uchun barcha say-harakatlarni amalga oshirishadi, ammo hozircha hech kim loyihaning oxir-oqibat muvaffaqiyatli boshlanishiga kafolat bera olmaydi yoki loyihaning aniq vaqtini taxmin qila olmaydi. SHunga mos ravishda, hozirda hech kimda Superliganing moliyaviy-iqtisodiy sharoitlari va natijalari tasirini batafsil baholash uchun barcha kerakli tafsilotlar yo'q," - deyiladi "Yuventus" rasmiy xabarida.
→ Evropa Superligasi. Musobaqa borasidagi barcha xabarlar bitta sahifada LIVE
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar