"Yuventus" sport direktori "Oltin to'p" natijalarini shubhali deb atadi
03 dek 2019 13:40
Yangiliklar


"Yuventus" sport direktori "Oltin to'p" natijalarini shubhali deb atadi
"Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi "Oltin to'p" ovoz berish natijalariga izoh berdi.
2019 yilda nufuzli sovrin g'olibi "Barselona" hujumchisi Lionel Messi bo'ldi.
"Bu Krishtianu Ronaldu uchun qiyin payt emas. Biz har doim uni "Oltin to'p"ni yutishga loyiq deb o'ylaganmiz. Ovoz berish natijalari har doim shubhali. Ronaldu tizzasidan jarohat olgani sababli mashg'ulotlarni o'tkazib yuborishiga to'g'ri keldi va biz mukammal vaziyatlarda uning qilgan ishlari uchun minnatdormiz", - deydi Paratichi.
34 yoshli Ronaldu "Oltin to'p" uchun ovoz berishda uchinchi o'rinni egalladi. 32 yoshli Messi esa oltinchi marotaba "Oltin to'p"ni qo'lga kiritib, yangi jahon rekordini o'rnatdi. "Oltin to'p"lar soni bo'yicha argentinalik Ronaldudan oldinga o'tib oldi. Portugaliyalik bu mukofotni besh marta yutgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar