“Yuventus” sport direktori “Bavariya” futbolchisi bilan kelishuvga erishmoqchi
17 okt 2018 22:44
Yangiliklar
“Yuventus” sport direktori “Bavariya” futbolchisi bilan kelishuvga erishmoqchi
Ijara asosida “Bavariya”da to'p tepayotgan “Real” yarim himoyachisi Xames Rodriges “Yuventus” qiziqishlari doirasida.
Kolumbiyalik futbolchini sotib olishni so'rab turinliklar sport direktori Fabio Paratichi klub direktorlar kengashiga murojaat qilgan, deya xabar bermoqda Rai Sport.
Funkcionerning fikricha, Xames “Bavariya”da etakchi sifatida o'zini namoyon eta olmayapti, shu bois “Yuventus”ning taklifi unga qiziqarli bo'lishi aniq. Kolumbiyalik futbolchi yangi jamoada sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bilan ham birgalikda to'p tepishi mumkin.
Xamesining ijara shartnomasi keyingi yilning yozida o'z nihoyasiga etadi. Myunxenliklar futbolchini “Real”dan 42 million evroga sotib olishlari ham mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar