"Yuventus" sobiq hujumchisini jamoaga qaytarmoqchi

Mirjalol Normatov
29 avg 2020, 22:57
"Yuventus" hujumchi Moyze Kinni jamoaga qaytarmoqchi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, futbolchining Turinga qaytishini Andrea Pirlo istamoqda. "Keksa sinora" forvardni bir mavsumga sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi. Yoki yana bir variant ham bor. "Everton" ancha vaqtdan buyon Aaron Remziga qiziqish bildirmoqda. Tomonlar futbolchilarni almashishi ham mumkin.

Kinning transfer narxi 25 mln evroga teng. Yakunlangan mavsumda u 33 o'yinda qatnashdi va 2 gol hamda 2 assistni amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport