“Yuventus” sobiq bosh menejeri “Partizan”da ish boshladi
28 apr 2017 06:05
Yangiliklar
“Yuventus” sobiq bosh menejeri “Partizan”da ish boshladi
Italiyada har qanday futbolga doir faoliyatdan butun umrga chetlatilgan “Yuventus”ning sobiq bosh menejeri Luchano Moji Albaniya klubida ish boshladi.
79 yoshli menejer Tirananing “Partizan” klubida transfer maslahatchisi lavozimini egalladi.
Moji 2006 yili “Kalchopoli” ishi bo'yicha Italiyada futboldan chetlatilgan. Uni hakamlarga bosim o'tkazishda va bir qator klublar hamda hakamlar bilan kelishuvda ayblashgan.
2011 yili sud Mojini besh yilu to'rt oyga ozodlikdan mahrum etgan. Oradan bir yil o'tib, dastlab jazo muddati qisqartirilgan, so'ngra uni bekor qilishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar