"Yuventus" SHomurodov borasida "Jenoa" bilan muzokaralarni boshladi
19 jan 2021 00:28
Yangiliklar


"Yuventus" SHomurodov borasida "Jenoa" bilan muzokaralarni boshladi
"Football Italia" nashrining yozishicha, "Yuventus" hujumchi Eldor SHomurodov borasida "Jenoa" bilan muzokaralarni boshlagan.
Oldinroq "Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi agarda qulay taklif bo'lsa, hamyurtimizni klubiga olib o'tishi mumkinligini aytgandi.
Hozircha turinliklar SHomurodovni 6 oyga ijaraga olish borasida o'ylamoqda. Buning yakunida esa uni to'laqonli sotib olish ham mumkin bo'ladi.
Ushbu mavsumda SHomurodov "Jenoa" tarkibida 11 o'yinda 2 gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar