“Yuventus” shifokorlari: “Ronalduning “forma”si 20 yoshli futbolchilarnikidek”

24 iyul 2018, 08:10
“Yuventus” klubi shiofkorlari jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning ko'rsatkichlarini 20 yoshli futbolchilarnikidek ekanligini ma'lum qilishdi.

33 yoshli futbolchi Turin klubida tibbiy ko'rikdan o'tgach, shifokorlar uning ajoyib sport formasida ekanligidan hayratda qolishdi.

“Ronalduning organizmida 7 foiz yog' (uning yoshidagi sportchilarda o'rtacha ko'rsatgich 10-11%ni tashkil etadi) mavjud. Muskullar massasi 50% ga teng (o'rtacha ko'rsatkich – 46%).

JCH-2018 turnirida Ronalduning tezligi 33,98 km/soatga etdi. Bu musobaqadagi eng yuqori ko'rsatkidir”, deya yozib o'tdi o'zining Tvitter sahifasidabeIn Sports jurnalisti Matteo Bonetti.

O'xshash yangiliklar


Manba: Маттео Бонетти Твиттери