"Yuventus" Sandroni xatto 70 mln. evroga ham sotmoqchi emas
Aslanov Jasurbek
2 iyul 2017, 20:45
"Yuventus"ning 26 yoshli himoyachisi Aleks Sandro "Chelsi" va PSJ qiziqishlariga qaramay Turin jamoasida qolishi mumkin.
"Yuventus" chap qanot himoyachisini xatto 70 mln. evroga ham sotmoqchi emas. Turinliklar Sandro bilan yangi 2022 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolamoqchi. Italiya chempionlari futbolchi uchun har mavsum 5 mln. evro to'lashga tayyor.