So’nggi yangiliklar

12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  2 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  6

"Yuventus" Ronalduning o'rniga olib kelgan PSJ hujumchisi haqida Yangiliklar

"Yuventus" Ronalduning o'rniga olib kelgan PSJ hujumchisi haqida

Turin klubi muxlislari Moyze Kinni yaxshi tanishadi, lekin u endi avvalgi Moyze emas.

Roberto Manchini Moyze Kinni o'tgan kuzdan milliy terma jamoaga chaqirmay qo'ydi – bo'lajak jahon chempionati saralash bosqichining dastlabki uchrashuvlarida qaxramonimiz ishtirok etmadi.

SHunday bo'lsada, Mancho OAVda Kin haqida iliq fikrlarni bildirardi: "PSJ klubiga o'tish xavfli bo'lishi mumkin edi, u o'yin amaliyotisiz qolib ketishi hech gap emasdi. Biroq u Neymar, Mbappe va Di Mariya bilan bir jamoada anchagina ko'p o'ynamoqda, qo'shimchasiga, gol ham uryapti. Bu men avvalroq aytgan gaplarimga isbot bo'la oladi: agar siz iqtidorli bo'lsangiz, kuchli futbolchilar bilan birga yanada o'sishga erishasiz, aks holda – yo'q bo'lib ketasiz".

May oyi oxirida Moyze San-Marinoga qarshi bellashuvni asosiy tarkibda boshladi. Italiya 7:0 hisobida zafar quchdi, lekin Manchini Kinni tanaffusda alishtirishga qaror qildi va uyiga jo'natib yubordi. Keyinroq Italiya zafar quchgan "Evro"ga Jakomo Raspadori yo'l oldi. O'shanda nima bo'lganini, aslida gap nimadaligini hech kim aytmadi ham, biror kimsa bilolmadi ham, lekin gazetalarda murabbiyga futbolchining harakatlari maqul kelmagani – hujumchi o'rtoqlik uchrashuvida etarlicha ishtiyoq bilan o'ynamagani, astoydil mehnat qilmagani haqida yozishdi.

"Evropa chempionatini televizor qarshisida tomosha qilish oson bo'lmadi", – tan oladi Kin. Sentyabr oyida uning faoliyatida yana bir keskin burilish sodir bo'ldi. Moyze "Yuventus" va Italiya termasiga qaytdi. Litva termasiga qarshi o'yinda u hujumning chap qanotida maydonga tushdi va raqib himoyasining "dodini berib", ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.


"Mister barchasi o'zimga bog'liqligini aytadi. Men ishlashda davom etyapman, jumladan, psixologik tomondan ham. Men terma jamoaga boshqacha mentalitet va maqsadlari bilan qaytdim. PSJ safida o'tgan bir yil menga katta yordam berdi, buyuk futbolchilar bilan birga mehnat qildim", – deydi Moyze.

"Barcha muammolar – uning boshida, – dadillik bilan aytadi Manchini. – U kuchli, tezkor, qanotda ham, markaziy hujumchi nuqtasida ham birdek o'ynay oladi. Ishga jiddiy munosabatda bo'lsa, uning kelajagi yorqin bo'lishi mumkin. Ammo asosiysi Kin futbolchi faoliyati u qadar uzoq bo'lmasligini unutmasligi zarur. Lahzadan unumli foydalanish lozim". 




Raspadorining vaziyati nisbatan oddiy, u – "Sassuolo"ning asosiy hujumchisi hisoblanadi va katta ehtimol, o'sishda davom etadi. Kin uchun esa nazarimizda, "Yuventus"da boshlangan mavsum – faoliyatidagi eng muhimi bo'ladi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика