"Yuventus" Ronaldu oldidagi qarzini to'lamoqchi emas
06 okt 2023 11:57
Yangiliklar
"Al Nassr"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zining sobiq jamoasi Italiyaning "Yuventus" klubi bilan arbitraj sudida kelisha olmadi. Ular futbolchiga pandemiya davrida qolib ketgan pulini to'lashlari kerak edi. Bu haqda "Football Italia" xabar bermoqda.
Klub vakillari Italiya Futbol Federaciyasi (FIGC) arbitraj kengashi tinglovida Ronaldu rasmiy kelishuvda rasmiylashtirilmagan to'lovlarni talab qila olmasligini aytishdi. Yakuniy hukm bir oy ichida chiqishi kutilmoqda.
Avvalroq futbolchi o'zaro kelishuvga ko'ra, karantin vaqtida muzlatilgan va to'lanmagan holda qolgan 20 million evroga yaqin mablag'NI olmoqchi ekanligi xabar qilingandi.
38 yoshli Ronaldu 2018 yildan 2021 yilgacha "Yuventus"da o'ynagan va 134 TA o'yinda 101 ta gol urgan va 22 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar