"Yuventus" Ronaldu bilan sudlashishda davom etadi Yangiliklar

"Yuventus" Ronaldu bilan sudlashishda davom etadi

Turinliklar portugaliyalikka 9,8 million evro to'lamoqchi emas.

Turinning "Yuventus" klubi Krishtianu Ronaldu bilan sudlashishda davom etadi, deya xabar berdi Fabricio Romano.

Xabar qilinishicha, "keksa sinora" klubni sudga bergan Ronalduga 9,8 million evro to'lamoqchi emas. Gap koronavirus pandemiyasi davri – ko'plab klublar maoshlarni kamaytirish bo'yicha futbolchilar bilan muzokara olib borishga majbur bo'lgan payt haqida ketmoqda. "Yuventus" o'shanda Ronalduga maoshini to'lamagandi. 

Turinliklar Ronaldu bilan kelisha olishmadi. "Yuventus" bu jarayonni davom ettirish niyatida va apellyaciya berishni rejalashtirmoqda.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика