"Yuventus" "Roma" futbolchisini nishonga oldi
24 mar 2019 17:10
Yangiliklar


"Yuventus" "Roma" futbolchisini nishonga oldi
"Yuventus" markaziy himoyasini yanada kuchaytirishni istamoqda.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, turinliklar yozda markaziy himoyachi sotib olishadi. Ayni damda "byankoneri"lar nishonida "Roma" fulbeki Kostas Manolas bo'lib turibdi.
Qayd etilishicha, greciyalikning o'zi ham "bo'rilar"ni tark etishga tayyor bo'lib turibdi. Himoyachining transfer narxi 45 million evro bo'lishi mumkin.
"Roma" himoyachisiga "Manchester Yunayted" va "CHelsi" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar