"Yuventus" Remzi bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda
22 iyu 2022 13:15
Yangiliklar
"Yuventus" Remzi bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda
"Yuventus" yarim himoyachi Aaron Remzi bilan xayrlashmoqchi.
Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, Turin klubi 31 yoshli uelslik bilan shartnomani bekor qilish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Yarim himoyachining "keksa sinora" bilan kelishuvi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Oldinroq, Remzining "Yuventus" bilan AQSHdagi turnega bormasligi malum bo'lgan edi.
Fikrlar