"Yuventus" Pogba borasida bir qarorga keldi

Mirjalol Normatov
8 dek 2023, 19:33
"Yuventus" yaqin vaqtlar ichida Pol Pogba bilan shartnomasini bekor qilmoqchi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, 30 yoshli futbolchi diskvalifikaciya qilingani zahoti klub va Pogba o'rtasidagi shartnoma bekor qilinadi. "Yuve" Pogba bilan janjalga bormaslik uchun shartnomani ikki tomonlama bekor qilish maqsadida muzokaralarga kirishishga va kompensaciya to'lashga tayyor turibdi.

Oldinroq antidoping qo'mitasi fransiyalikni 4 yilga diskvalifikaciya qilishi mumkinligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

Eslatib o'tamiz, 20 avgust kuni jahon chempionining doping testi ijobiy ko'rinish olgandi. Uning qayta testi ham dastlabki natijani takrorlagandi. O'sha vaqtdan buyon u futboldan vaqtincha chetlatilib turilibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport