"Yuventus" Pogba borasida bir qarorga keldi

Tolibjon Qosimov
13 sen 2018, 15:41
"Yuventus" klubi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbani keyingi yozda sotib olmoqchi.

Bu haqda "Tuttosport" nashri xabar berdi.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, turinliklar 2012 yildan 2016 yilgacha jamoa safida o'ynagan francuzni qaytarishga urinib ko'radi.

Pogbaning o'zi bosh murabbiy Joze Mourinyo bilan murakkab munosabati sabab "Manchester Yunayted" tarkibini tark etishga tayyor. 25 yoshli futbolchiga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Tuttosport