So’nggi yangiliklar

21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  4 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  9 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  9 20:00Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ва "Лочин" ўртасидаги 1/8 финалнинг илк ўйини бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  7 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  26 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  2 19:38"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 18:34Ўзбекистон U-21 — Россия U-21. Ўртоқлик ўйини учун таркиблар маълум  28 18:28"Қора" ишчилар мукофотланмайдими?  14 18:03Мундиал йўлланмасини тақдим этган БАА — Ўзбекистон ўйинидан мухлислар ФОТОГАЛЕРЕЯси  1 17:38Бернарду Силва "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 16:25Тер Штеген "Барселона" матбуот босими орқали уни кетишга мажбур қилмоқчи деб ҳисобламоқда, аммо...  10 15:55"Ливерпуль" ва "Милан" собиқ футболчиси Сегунда клубига ўтди  1

"Yuventus" o'ziga kelmoqda: A Seriya 17-tur yakunlari haqida Yangiliklar

"Yuventus" o'ziga kelmoqda: A Seriya 17-tur yakunlari haqida

Teglar :  Seriya A
Italiya chempionatining 17-tur uchrashuvlari ortda qoldi.

“Yuventus” g'alabali yo'lga qaytib oldi

“Milan”ni mag'lub etgan turinliklar “Sassuolo”ga qarshi o'yinga yaxshi kayfiyatda etib kelgandi. Jamoa chindan yaxshi sport formasiga kirib olgan va buni uchrashuvning ilk daqiqalaridan isbotlay oldi. Ayniqsa Frabotta faolligi bilan ajralib turdi. Avvaliga uning qanotdan amalga oshirgan uzatmasidan keyin sal qolsa, Ronaldu hisobni ochishi mumkin edi. Keyingi vaziyatda Makkenining tovoni bilan uzatmasidan keyin uning o'zi gol urishi mumkin edi. O'tkir burchakdan berilgan zarbadan so'ng to'p darvozadan yuqoriroqdan o'tib ketdi. Vaziyat rivojida Obyangni chetlatilishi muhim rol o'ynadi. Hakamning qizil kartochka ko'rsatishiga Kezaga nisbatan ishlatilgan qo'pollik sabab bo'ldi.

Tanaffusdan keyin shhyin yanada qiziqarli tus oldi. Keza jarima maydoniga uzatmani amalga oshirdi, to'p yo'l-himoyachi orqali Daniloga etib bordi va braziliyalik futbolchi darvoza burchagini aniq nishonga oldi. “Yuventus” mana nechinchi bor gol urgach, biroz sekinlashmoqda. “Sassuolo” imkoniyatlarga ega bo'ldi va ulardan birida gol urdi. Xamed Traore jarima maydoniga Defrelga to'pni etkazdi, u birinchi harakatda Bonuchchini aldadi va ikkinchi harakatda darvozabonni ham dog'da qoldirdi. Pirlo o'zgarishlar bilan o'yinga tasir o'tkazdi. “Yuventus” sekin-asta raqibni qamal qila boshladi va raqib unga dosh bermadi. Frabotta erlatib to'pni Remsiga aniq etkazdi va uelslik futbolchi nomini tabloga yozdirib qo'ydi. O'yin oxirida “keksa sinora” “neroverdi”ni butkul taslim qildi. Danilo deyarli butun maydondan o'tgan uzatmani amalga oshirdi va Ronaldu yakuniy hisobni o'rnatdi.


“Inter” va “Roma” murosa ko'chasini tanladi

 

Rimliklar bu mavsum yorqin debyutlari bilan etiborni tortishmoqda. Bu safar ham “jalorossi” juda faol edi. SHunday bo'lsada, dastlabki vaziyat aynan ularning darvozasi oldida yuzaga keldi. Lukaku boshi bilan yaxshi zarba bera olgandi, lekin Lopes jamoasini muqarrar goldan qutqardi. Keyingi hujumda “Roma” gol urib ketdi. Veretu biroz qo'pol o'ynagandek ko'ringan bo'lsada, hakam qoida buzilmaganini etirof etdi, to'pni Barelladan olib qo'yib, oldinga intildi, Mxitaryan to'pni Pellegriniga etkazdi va u rikoshet “yordamida” bo'lsada, Xandanovich darvozasi to'qqizligini nishonga oldi. “Inter” hujumga tashlandi lekin tanaffusgacha raqib darvozasi tomon yo'l topa bilmadi.

O'yinning ikkinchi qismida esa “neradzurri” juda faol harakat qildi va raqibga umuman o'yin bermadi. Lukaku avvaliga boshi bilan mo'ljaldan biroz adashdi, keyingi vaziyatda esa Lautaroga yaxshi pas berdi, ammo argentinalikning zarbasidan keyin Lopes yana o'zini ko'rsatdi. “Inter” hisobni tenglashtirdi, Brozovichning burchak zarbasidan etkazgan to'pi SHkrinyarning boshini topdi. Mehmonlar qulay fursat bo'lganini sezdi va o'yin taqdirini hal qilish payiga tushdi. Brozovich Xakimiga ajoyib pas berdi, Ashraf esa driblingini ishga solib jarima maydoniga kirdi va aylanma zarba bilan Lopesga imkon qoldirmadi. Ushbu gol Xakimi uchun “Inter” safida 6-si bo'ldi. Undan keyin “Roma” katta kuch bilan oldinga otildi, lekin Xandanovich gol qo'yib yubormoqchimasdi. SHunday bo'lsada, “Inter” g'alabani saqlab qola olmadi, Vilyar uzatmasidan keyin Manchini boshi bilan to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi. Jamoalar hech kimni qoniqtirmaydigan durang bilan yakunlandi.


"Napoli" "Udineze"dan kuchliroq

"Speciya"dan uchralgan mag'lubiyat "Napoli" kayfiyatiga jiddiy tasir ko'rsatdi. SHu sabab ham ushbu o'yinga jamoa jiddiy tayyorgarlik ko'rgandi. "Napoli" ko'p hujum uyushtirdi va penalti ishladi. To'p oldiga Insine yaqinlashdi va mo'ljalda adashmadi. Mehmonlarning ayniqsa o'ng qanoti xavfli o'yin ko'rsatib berdi. Di Lorenco ajoyib uzatma bilan Lozanoni topdi va meksikalikning kuchli zarbasini Musso qaytardi. Lozano ancha faol bo'lsada, gol urish nasib qilmasdi. "Udineze" esa birinchi imkoniyatidanoq unumli foydalandi. Rraxmani to'pni darvozabonga etkazishda no'noqlikka yo'l qo'ydi va Lasanya to'pni ilib ketib, darvozabonni ham aldab, to'pni darvoza to'riga joylab qo'ydi. "Napoli" bosimni bo'shashtirmadi, lekin tanaffusgacha boshqa hech nima bo'lmadi.

Ikkinchi bo'limda ham umumiy kartina o'zgarmadi. Zelinskiyning zarbasidan keyin Musso qaytarishga muvaffaq bo'ldi, hammadan chaqqonroq harakat qilgan Insine mo'ljalda adashdi. "Udineze" ham vaqti-vaqti bilan hujumga o'tib turdi. Lasanya va De Paulning zarbalari xavfli bo'ldi, lekin Meret pand bermadi. Uchrashuv so'nggida mehmonlar yana faollashdi. Mariu Ruy ajoyib uzatmani amalga oshirdi, Bakayoko esa havodagi kurashda barchani engdi va "Napoli" safidagi birinchi golini rasmiylashtirdi.

“Milan” yangi seriyani boshladi

“Yuventus” bilan o'yindagi omadsizlikdan keyin “rossoneri” keyingi uchrashuvda qanday o'yin ko'rsatishi muhim edi. Umuman olganda “qizil-qoralar” o'yinni faolroq boshladi, chinakam xavfli  vaziyat bo'lmasada, o'yin kimning nazorati ostida o'tayotgani sezilib  turardi. SHunday bo'lsada, birinchi xavfli vaziyatoq golga aylandi. Teo to'p bilan oldinga o'tdi va uni Braim Diasga etkazdi, u esa birgina harakat bilan Leaoni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi, portugaliyalik strayker esa mo'ljalda adashmadi. Ispaniyalik yarim himoyachi faolligi bilan ajralib turardi. Oradan ko'p o'tmay aynan u dadil qadam tashlab, jarima maydonchasiga yorib kirdi va yiqitildi. Kessie odatga ko'ra, penaltidan unumli foydalandi. Tanaffusgacha “buqalar” oradagi farqni qisqartirishlari mumkin edi. Rodriges jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirdi, lekin to'p darvoza ustuni va to'sini kesishgan nuqtaga tegib qaytdi.

Tanaffusdan keyin “Torino” ancha faol edi va vaziyatlardan birida hakam o'n bir metrlik nuqtaga ishora qildi. Biroq takroriy lavhani ko'rgach, Verdiga nisbatan qoida buzilmagan deb topdi.  “Torino” futbolchilari yana bir necha bor yaxshi zarbalar yo'llashdi, lekin Donnarumma xato qilmadi. “Milan” ikkinchi bo'limda deyarli hujum qilmadi, lekin ustunligini saqlab qola bildi va g'alabani qo'lga kiritdi. Yana bir muhim jihat, o'yin so'nggida Zlatan Ibragimovich maydonga tushirildi. Keyingi o'yinlarda tajribali qariyaning milanliklarga hali ancha foydasi tegishi turgan gap. 

“Milan” muxlislari bu g'alabadan keyin jamoa yangi g'alabali seriyani boshlaganiga umid qilishmoqda.

SHuningdek, “Verona” “Krotone”ni engdi,  “Bolonya” safarda “Djenoa”ga yutqazdi va “Lacio” “Parma” ustidan g'alaba qozondi


Sergey Rumyancev

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика