"Yuventus" o'z himoyachisini "Lester"ga sotishga tayyor
14 fev 2020 01:45
Yangiliklar
"Yuventus" o'z himoyachisini "Lester"ga sotishga tayyor
Italiyalik futbolchi yozda "tulkilar" safiga qo'shilishi mumkin.
"Calciomercato" nashri xabariga ko'ra, Turining "Yuventus" klubi himoyachisi Daniele Rugani faoliyatini "Lester"da davom ettirishga yaqin. "Keksa sinora" 25 yoshli futbolchini ingliz klubiga sotishga rozi bo'lgan. Buning evaziga Turin klubi hisob raqamlariga 25 million evro o'tkazib berilishi kerak. Eslatib o'tamiz, "Lester" "Yuve"ning turkiyalik himoyachisi Merix Demiralga ham faol qiziqish bildirmoqda.
Malumot uchun, Rugani A Seriyaning joriy mavsumida 1 o'yinda maydonga tushgan.
Fikrlar