"Yuventus" o'z etakchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
06 jan 2019 11:55
Yangiliklar
"Yuventus" o'z etakchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Yuventus" forvardi Mario Manjukich yaqin vaqtlarda jamoasi bilan shartnomasini uzaytirmoqchi.
"Tuttomercatoweb" xabariga ko'ra, yangi shartnoma 2022 yilning yoziga qadar davom etadi. Uning amaldagi kelishuvi 2020 yilga qadar mo'ljallangandi.
32 yoshli Manjukich 2015 yildan buyon "Yuventus"da faoliyat olib bormoqda. Bu mavsumda u 21 o'yinda qatnashib, 9 gol urdi va 4 golga assistentlik qildi.
Fikrlar