"Yuventus" MYU qiziqayotgan futbolchi bilan muzokaralarni boshladi
28 sen 2019 18:05
Yangiliklar
"Yuventus" MYU qiziqayotgan futbolchi bilan muzokaralarni boshladi
"Breshiya" yarim himoyachisi Sandro Tonali "Yuventus" qiziqishlari doirasida.
Turin klubi yosh xavbekni sotib olmoqchi va allaqachon "Breshiya" rahbariyati bilan bu borada muzokaralarni boshlagan.
Tayanch yarim himoyachisi 25 million evro atrofida baholanmoqda.
19 yoshli o'yinchiga shuningdek PSJ va "Inter" klublari qiziqmoqda. Oldinroq, MYU skautlari ushbu futbolchining o'yinlarini kuzatish maqsadida "Breshiya" - "Yuventus" o'yiniga tashrif buyurgan edi.
Tonali joriy mavsum "oq-ko'klar" tarkibida 6ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assistga erishgan.
Fikrlar