"Yuventus" Mxitaryanni xarid qilish yo'llarini ko'rib chiqyapti
18 avg 2015 10:16
Yangiliklar
"Yuventus" Mxitaryanni xarid qilish yo'llarini ko'rib chiqyapti
"Yuventus" vakillari Dortmundning "Borussiya" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan agenti Mino Rayola bilan uchrashib, futbolchi uchun klubga 20 mln. evro taklif qilmoqchi.
Oldinroq Mino intervyularining birida Genrixning o'yini "Yuventus"nikiga mosligini aytgan edi. Ammo agentning takidlashicha, bunga "Borussiya"ni ko'ndirish juda qiyin.
Rayola o'z faoliyati davomida amalga oshishi qiyin bo'lgan transferlarni ijobiy yakunlagan - masalan, Zlatan Ibragimovichni "Yuventus"dan "Inter"ga, "Barselona"dan "Milan"ga.
Fikrlar