"Yuventus" Morataning ijara muddatini uzaytirmoqchi
08 fev 2021 12:24
Yangiliklar
"Yuventus" Morataning ijara muddatini uzaytirmoqchi
Ispaniyalik forvard Alvaro Morata Turinning "Yuventus" klubida qolishi mumkin.
"Keksa sinora" rahbariyati 28 yoshli futbolchining ijara shartnomasini yana bir yilga uzaytirishmoqchi.
Eslatib o'tamiz, o'yinchining transfer huquqi Madridning "Atletiko" klubiga tegishli. Alvaro italyan jamoasida o'tgan yilning sentyabr oyidan beri to'p tepadi.
Morata joriy mavsum A Seriya doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 7ta assist qayd etdi.
Fikrlar