"Yuventus" katta tovon pulidan qo'rqib, Allegri bilan xayrlashmoqchi emas
18 mar 22:47
Yangiliklar
"Yuventus" katta tovon pulidan qo'rqib, Allegri bilan xayrlashmoqchi emas
Massimiliano Allegri joriy mavsum istefoga chiqarilmaydi.
Malumotlarga ko'ra, so'nggi o'yinlardagi omadsizliklarga qaramay, jamoa bosh murabbiyida ish joyini saqlab qolish uchun imkoniyat bor.
Italiya Kubogidagi g'alabaning o'zi etarli bo'lmaydi, jamoa mavsum startidagi natijalari va o'yinini tiklashi lozim.
Allegri hozircha mavsum uchun qo'yilgan vazifa - CHempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishni uddalayapti (jamoa jadvalda 3-o'rinda).
SHu bilan birga 56 yoshli mutaxassisni katta tovonpuli uchun istefoga chiqarishmayapti. Klub har yili butun boshli murabbiylar shtabiga 20 mln. evro to'laydi.
Allegri va "Yuventus" o'rtasidagi bitim 2025 yilning yozida yakuniga etadi.
Fikrlar